Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan 14 kunlik maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 66 nafar mustaqil ekspertlikka nomzodlar bilan Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida agrar sug‘urta tizimida mustaqil ekspertlarning o‘rni, sohada malakali kadrlarni tayyorlash hamda ekspertiza jarayonlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, nomzodlarning bilim va ko‘nikmalari yuzasidan suhbat o‘tkazilib, ularga kelgusidagi faoliyati bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlarga belgilangan tartibda guvohnomalar topshirildi. Mazkur tashabbus agrar sug‘urta tizimida professional va malakali mustaqil ekspertlar korpusini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
telegram |
facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram