avatar
Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi
@agrosafeuz
08.05.2026 12:01
🇺🇿🤝🇦🇿 Ozarbayjonda “Xatarlarga qarshi agrar sug‘urta qalqoni” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi

Boku Davlat Universitetida tashkil etilgan xalqaro forumda iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri, tabiiy ofatlar xavfi hamda agrar sug‘urtaning ahamiyati keng muhokama qilindi.

Forumda ta’kidlanganidek, do‘l, sel, qurg‘oqchilik, sovuq urishi va kuchli shamol kabi tabiiy xavflar fermerlar faoliyatiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Shu bois agrar sug‘urta tizimi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini himoya qilishning muhim mexanizmi sifatida e’tirof etildi.

Tadbirda Ozarbayjon va xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov ishtirok etdi. Muhokamalarda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy sug‘urta mexanizmlarini rivojlantirish hamda sun’iy yo‘ldosh monitoringi va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
telegram | facebook*
👍 1
2 242
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi

175
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMG‘ARMASI

rasmiy telegram kanal: @agrosafeuz
rasmiy pochta: if@agro.uz

📍Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy
Открыть в Telegram