#hamkorlik
🇺🇿🤝🇮🇹
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik kengaymoqda
🌱 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi vakillari Italiya Respublikasida AGEA va IFAD vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
✅ Muzokaralar davomida subsidiyalash tizimini takomillashtirish, agrar sug‘urta sohasida xalqaro tajribani joriy etish hamda raqamli yechimlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Shuningdek, italiyalik ekspertlar
Simone Severini va
Andrea Stoppa bilan mutaxassislar uchun online hamda offline o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish, tizimni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishilindi.
✅ IFAD vakillari bilan istiqboldagi qo‘shma loyihalar, grant dasturlari va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Mazkur hamkorlik qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini takomillashtirish va xalqaro tajribalarni amaliyotga keng joriy etishga xizmat qiladi.
QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
telegram |
facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram