avatar
ADChTI.uz | Rasmiy kanal
Переслано от Yoshlar.edu.uz
10.08.2026 16:04


“Dolzarb 90 kun” doirasida oliy ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar.

Yoshlarning har bir kunini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida sport maydonlaridan tortib ijodiy sahnalargacha, kitob mutolaasidan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlargacha bo‘lgan keng qamrovli tadbirlar tashkil etilib, ularning sog‘lom, faol, bilimdon va kreativ shaxs sifatida shakllanishiga munosib sharoit yaratilmoqda.

Qo‘qon davlat universiteti

Jizzax politexnika instituti

Andijon davlat chet tillari instituti

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Xalqaro innovatsion universitet

Andijon davlat chet tillari instituti

Guliston davlat pedagogika instituti

Buxoro davlat universiteti

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Guliston davlat pedagogika instituti

Guliston davlat universiteti

Buxoro davlat texnika universiteti

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Qarshi davlat texnika universiteti

Guliston davlat pedagogika instituti


Ushbu tashabbus doirasidagi loyihalarni izchil davom ettirish va yoshlarning har bir tashabbusini qo‘llab-quvvatlash orqali oliy ta’lim muassasalarida bilimli, faol, tashabbuskor, sog‘lom fikrlaydigan va yangilik yaratishga intiladigan yoshlar muhitini yanada mustahkamlaydi.

Bizni kuzating:

emojiInstagram* | YouTube | emojiTelegram
3
359
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
ADChTI.uz | Rasmiy kanal
@adchti_uz
10.08.2026 07:03
#Mustaqillik35

YANGI O‘ZBEKISTON — UCHINCHI RENESSANS SARI!

Yangi Oʻzbekistonda yoshlarning sifatli taʼlim olishi, kasb egallashi va munosib ish bilan taʼminlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ana shunday eʼtibor va islohotlar natijasida ko‘plab yoshlar o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarmoqda.

Andijon davlat chet tillari instituti
Roman-german va slavyan tillari fakulteti bitiruvchisi Aliyeva Ismigul ham shunday yoshlar safidan o‘rin olgan. Davlat namunasidagi diplomni qo‘lga kiritgach, umumta’lim maktabida pedagog sifatida mehnat faoliyatini boshladi.

💼Asosiy ish faoliyati bilan bir qatorda, zamonaviy kasblardan biri bo‘lgan Brand Face yo‘nalishida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. O‘z ustida muntazam ishlashi, bilim va mahoratini amaliyot bilan uyg‘unlashtirgani natijasida bugungi kunda uning oylik daromadi 10 million so‘mdan yuqori.

🇺🇿 Yangi O‘zbekiston — yoshlar orzulari ro‘yobga chiqayotgan imkoniyatlar mamlakati!

Sahifalarimizni kuzatib boring:
️Veb-sayt
Telegram emojiFacebook*
emojiInstagram* YouTube
5
👏 2
🥰 1
😍 1
💯 1
3 931
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
ADChTI.uz | Rasmiy kanal
@adchti_uz
10.08.2026 00:01


Bugun 10-avgust haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro biodizel kuni.
Butunjahon sherlar kuni.
Indoneziya – Texnologiyalarni rivojlantirish kuni.

#muhim_voqealar
1519 – Fernand Magellan sayohatga chiqdi.
1793 – Parijda Luvr muzeyi ochildi.
2004 – Xabbl teleskopi Somon Yo‘liga o‘xshash galaktikani kashf etdi va tasvir sensorlaridan birini yo‘qotdi.

#tavalludlar
1845 – Abay Qo‘nanboyev – qozoq maʼrifatparvar shoiri.
1941 – Erkin Malik – yozuvchi.
1950 – Erkin Aʼzam – yozuvchi.
1960 – Toshpo‘lat Matkarimov – xonanda, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”.
1963 – Firdavs Abduxoliqov – Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi bosh  direktori.

Sahifalarimizni kuzatib boring:
️Veb-sayt
Telegram emojiFacebook*
emojiInstagram* YouTube
1
1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
ADChTI.uz | Rasmiy kanal
@adchti_uz
09.08.2026 05:02
#Mustaqillik35

YANGI O‘ZBEKISTON — UCHINCHI RENESSANS SARI!

Yangi O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar ularning bilim olishi, kasbiy rivojlanishi va munosib mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Andijon davlat chet tillari instituti
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchisi Abdulxamidov Qudratullo ham ana shunday yoshlardan biridir. Institutda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanib, puxta bilim va ko‘nikmalarni egalladi. Bugungi kunda u Andijon davlat chet tillari institutida faoliyat yuritmoqda.

Asosiy ish faoliyati bilan bir qatorda, oilaviy tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanib kelmoqda. Natijada uning oylik daromadi 10 million so‘mdan oshmoqda.

Yangi O‘zbekiston — har bir intiluvchan yosh uchun ulkan imkoniyatlar mamlakati!

Sahifalarimizni kuzatib boring:
️Veb-sayt
Telegram emojiFacebook*
emojiInstagram* YouTube
👍 6
3
💯 3
👏 1
😍 1
5 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
ADChTI.uz | Rasmiy kanal
@adchti_uz
09.08.2026 00:04


Bugun 9-avgust haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro tubjoy xalqlari kuni.
Butunjahon kitobsevarlar kuni.
Butunjahon xattotlik kuni.

#muhim_voqealar
1173 – Piza minorasining qurilishi boshlandi.
1803 – Robert Fulton tomonidan ixtiro qilingan bugʻli mashina - paroxodning birinchi namoyishi.
1859 – Amerikalik Natan Eyms eskalatorni patentladi.
1910 – Chikagoda amerikalik Alva Jon Fisher elektr kir yuvish mashinasini patentlashtirdi.

#tavalludlar
1776 – Amedeo Avogadro – italiyalik fizik va kimyogar, suvning kimyoviy formulasini kashf etgan.
1962 – Baxtiyor Zokirov – kinoaktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
1963 – Uitni Xyuston – amerikalik qo'shiqchi, aktrisa, prodyuser, modelyer.
1977 – Ravshan Ermatov – Oʻzbekistonlik futbol hakami. Ginnesning rekordlar kitobiga “Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam sifatida kiritilgan.
1988 – Hilola Umarova – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori.

Sahifalarimizni kuzatib boring:
️Veb-sayt
Telegram emojiFacebook*
emojiInstagram* YouTube
1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
ADChTI.uz | Rasmiy kanal
@adchti_uz
08.08.2026 11:32
❗️10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lgani sababli rad etilgan.

Fuqarolarga qo‘shimcha imkoniyat berish maqsadida
ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali — xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko‘chirish;

➡️ transfer.edu.uz platformasi orqali — davlat oliygohlari orasida va oliygoh doirasida o‘qishni ko‘chirish amalga oshiriladi.

Manba: 👉 @xushnudbek 👈

Sahifalarimizni kuzatib boring:
️Veb-sayt
Telegram emojiFacebook*
emojiInstagram* YouTube
14 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
ADChTI.uz | Rasmiy kanal
@adchti_uz
08.08.2026 04:05
#Mustaqillik35

YANGI O‘ZBEKISTON — UCHINCHI RENESSANS SARI!

Yangi Oʻzbekistonda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, munosib ish bilan taʼminlanishi hamda oʻz salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Andijon davlat chet tillari instituti
Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti bitiruvchisi Azamatova Manzura ana shunday imkoniyatlardan samarali foydalangan yoshlardan biridir.

📚IELTS 7.0 sertifikati sohibasi bo‘lgan Azamatova Manzura viloyat hokimi va bitiruvchi yoshlar uchrashuvidan so‘ng Andijon shahridagi 30-son umumta’lim maktabiga ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilindi. Xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lgani sababli uning asosiy ish joyidagi oylik maoshi 6 million so‘mdan yuqori.

👩‍🏫 Asosiy ish faoliyati bilan bir qatorda, u xususiy o‘quv markazida ham yosh bolalarga ingliz tilidan saboq berib kelmoqda. Bir nechta faoliyatni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygani natijasida bugungi kunda uning oylik umumiy daromadi 1000 AQSH dollaridan ortmoqda.

Yangi O‘zbekiston — har bir intiluvchan yoshning orzulari ro‘yobga chiqayotgan imkoniyatlar mamlakati!

Sahifalarimizni kuzatib boring:
️Veb-sayt
Telegram emojiFacebook*
emojiInstagram* YouTube
6
👍 4
🥰 2
10 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
ADChTI.uz | Rasmiy kanal
@adchti_uz
08.08.2026 00:01


Bugun 8-avgust haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Oftalmologlar kuni.
Xalqaro cheksizlik kuni.
Xalqaro mushuklar kuni.

#muhim_voqealar
1899 – Minnesota shtatida istiqomat qiluvchi amerikalik ixtirochi Albert Marshall muzlatgichni patentladi.
1900 – Bruklinda Devis kubogi ta’sis etildi. 
1967 – ASEAN xalqaro tashkiloti tuzildi.
2000 – Buyuk Britaniya, AQSh va Italiya olimlari insonni klonlashtirish tajribalari boshlanganini e’lon qilishdi.
2008 – Pekinda XXIX yozgi olimpiada oʻyinlari boshlandi.

#tavalludlar
1861 – Uilyam Batson – ungliz biologi, genetika asoschilaridan biri.
1935 – Ta’naberdi Qurbonov – O‘zbekiston xalq artisti.
1945 – Ne’matulla Ibrohimov – sharqshunos-manbashunos olim, jamoat arbobi.
1948 – Svetlana Savitskaya – rus kosmonavti, ikki karra Sovet Ittifoqi Qahramoni bo‘lgan yagona ayol.
1987 – Shahzoda Matchanova – o‘zbek, qoraqalpoq teatr va kino aktrisasi.

Sahifalarimizni kuzatib boring:
️Veb-sayt
Telegram emojiFacebook*
emojiInstagram* YouTube
1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
ADChTI.uz | Rasmiy kanal
@adchti_uz
07.08.2026 13:20


“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI FAOLIYATI ZO‘R TV ORQALI NAMOYISH ETILDI

Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan bepul xorijiy til kurslari hamda sport to‘garaklari “Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi orqali keng jamoatchilikka namoyish etildi.

🎥Videolavhada “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning xorijiy tillarni o‘rganish va sport bilan muntazam shug‘ullanishiga yaratilgan shart-sharoitlar keng yoritilgan.

Ushbu videolavhani e'tiboringizga havola etamiz.

#dolzarb90kunlik #tvda_chiqish

Sahifalarimizni kuzatib boring:
️Veb-sayt
Telegram emojiFacebook*
emojiInstagram* YouTube
👍 7
💯 4
1
👏 1
😍 1
1 23 2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

ADChTI.uz | Rasmiy kanal

6.1K
✔️Veb-sayt:www.adchti.uz
✔️Facebook*:www.fb.com/adchtiuz/
✔️Instagram*:http://www.instagram*.com/adchti_uz
✔️Youtube:https://youtube.com/channel/UCyF4xElq1upKf3sYx-jbQpw

©Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Murojaat uchun: @adchtiuz_bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram