JizPI online | rasmiy kanal
@jizpi_online
#Dolzarb_90_kun #ichki_turizm #Toshkent #sayohat
Jizzax politexnika instituti jamoasi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Jizzax politexnika institutining 56 nafar talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan iborat jamoa Toshkent shahrida joylashgan G‘alaba bog‘i memorial majmuasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ishtirokchilar Vatanimiz sarhadlarini himoya qilish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Shuningdek, jamoa G‘alaba bog‘i hududidagi muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdi. Eksponatlar orqali mustaqillik yillarida Vatan ravnaqi, xalqimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan qahramonlarning hayoti, jasorati hamda mardlik namunalarini aks ettiruvchi tarixiy materiallar haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tashrif yoshlarning Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va tarixiy xotirani e’zozlash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Tashrif dasturi doirasida institut jamoasi Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlari, jumladan Magic City, Adiblar xiyoboni hamda boshqa tarixiy va madaniy obyektlarga ham sayohat uyushtirdi.
@jizpi_online
❤ 5
9 1.2K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram