avatar
BuxDU •БухГУ •BukhSU
@buxdu_uz
08.08.2026 16:46
#dolzarb90kun #sayohat

Buxoro davlat universiteti jamoasi Islom sivilizatsiyasi markazida

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Buxoro davlat universitetining 50 nafar talaba va pedagog-xodimlaridan iborat jamoasi universitet xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida Toshkent shahriga tashkil etilgan mazmunli sayohat davomida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi.

Mazkur tashrif ishtirokchilar uchun yurtimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti bilan yaqindan tanishish, ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida yangi bilim va taassurotlarga ega bo‘lish imkonini berdi.

Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan noyob ilmiy-ma’rifiy majmua bo‘lib, unda O‘zbekistonning islomgacha bo‘lgan va islom davrlariga oid boy madaniy merosi zamonaviy ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan.

Tashrif davomida talabalar va pedagog-xodimlar:
🔹 bebaho tarixiy artefaktlar;
🔹 interaktiv o‘quv laboratoriyalari;
🔹 virtual ko‘rgazmalar va multimedia makonlari;
🔹 “Vaqt kapsulalari” va tematik installyatsiyalar;
🔹 “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devorlari” kabi zamonaviy ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Markazdagi ko‘rgazmalar orqali ajdodlarimizning ilm-fan, ta’lim, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lindi.
Bunday ma’rifiy sayohatlar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Dolzarb 90 kun” — mazmunli hordiq, yangi taassurotlar va boy ma’naviy merosimizni anglash sari yana bir qadam!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

  BuxDU.uz | Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
👍 3
2
🔥 2
4 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

BuxDU •БухГУ •BukhSU

15.7K
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Открыть в Telegram