avatar
Abdulhamid Hasanov
@abdulhamid_khasanov
20.11.2025 05:30
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 5 ta o‘rin ko‘tarildi va 50-o‘rinni egalladi.

Osiyoda esa Qatarni quvib o’tib, 5-jamoaga aylandik. Bizdan yuqorida Yaponiya (18), Eron (20), Janubiy Koreya (22) va Avstraliya (26) joy olgan.

Abdulhamid Hasanov
24
avatar
Abdulhamid Hasanov
@abdulhamid_khasanov
19.11.2025 11:58
Ikkinchi yo‘nalish – servis loyihalarini ko‘paytirib, aholi bandligini ta’minlash.

Mamlakatimizda eng yuqori o‘sish sur’atini ta’minlayotgan soha xizmatlar sohasi ekani ta’kidlandi.

Lekin viloyat, tuman hokimlari xizmatlar sohasiga katta sur’at berayotgan turizmni rivojlantirish orqali ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadini ko‘paytirish imkoniyatlarini to‘liq ishga solmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Turizm salohiyati yuqori 150 ta mahallaning infratuzilmasi yaxshilansa, xizmatlar hajmini 10 trillion so‘mga yetkazish, 45 ming nafar odamni savdo va servisda band qilish mumkin.

Shu bois, kelasi yilda 150 ta mahallaning har biriga infratuzilma uchun 3-5 milliard so‘mdan beriladi.

Viloyat, tuman hokimlari, Turizm qo‘mitasiga yil yakunigacha barcha mahallalar uchun master reja qilish, yer auksionlari va loyihalarni tadbirkorlarga e’lon qilib, qurilish ishlarini boshlash topshirildi.

Tuman banklari bu joylarda mehmon uylari barpo etish uchun 150 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratishni yo‘lga qo‘yadi.

Abdulhamid Hasanov
24
avatar
Abdulhamid Hasanov
@abdulhamid_khasanov
19.11.2025 11:49
Abdulhamid Hasanov Фото: Prezidentimiz kelgusi yil uchun vazifalarni belgilab berdi. Birinchi yo‘nalish – qurilish orqali aholini ishli va daromadli qilish. Kelgusi yilda mamlakatimizda 675 trillion so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shundan 380 trillion so‘mi qurilish ishlariga to‘g‘ri keladi. Kelgusi yilda 140 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joy qurish maqsad qilingan. Har bir hokim bundan samarali foydalanib, qurilish sohasining o‘zidan kamida 20-25 ming, yaratilgan infratuzilma orqali 10 ming kishini bandligini ta’minlashi mumkinligi qayd etildi. Abdulhamid Hasanov
Eng katta yangilik – 2026-yilda ilk bor mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m viloyatlarning o‘ziga beriladi.

Lekin bu mablag‘ hamma tumanga teng taqsimlanmaydi.

Chunki, Do‘stlik tumanida berilgan 5 milliard so‘m maqsadli ishlatilib, Chinobod mahallasidagi 2 kilometrli ko‘chaning infratuzilmasi yaxshilandi, kun-u tun ishlaydigan maskanga aylantirildi. Ishning samarasi ko‘ringani sababli tumanga yana 10 milliard so‘m ajratilgan edi, ko‘chaga tutashgan daryo bo‘yi obodonlashtirildi, savdo-servis uchun qo‘shimcha joy ochildi. Natijada 130 ta yangi tadbirkor ish boshlab, 700 nafar odamni band qildi.

Lekin xuddi shunday “drayver” loyihalar uchun mablag‘ olgan Uchko‘prik, Bektemir, Jomboy, Kitob, Toshkent tumanlarida hali natija ko‘ringani yo‘q.

“Endi qaysi hokim tez harakat qilib, aniq loyiha asosida natija ko‘rsatsa, o‘sha tuman ko‘p mablag‘ oladi”,
– dedi Prezident.

Viloyat hokimlariga ish o‘rni yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga katta turtki beradigan loyihalarni saralab, barcha tayyorgarlikni shu yilning o‘zida oxiriga yetkazish topshirildi.

Abdulhamid Hasanov
17
avatar
Abdulhamid Hasanov
@abdulhamid_khasanov
19.11.2025 11:48
Prezidentimiz kelgusi yil uchun vazifalarni belgilab berdi.

Birinchi yo‘nalish – qurilish orqali aholini ishli va daromadli qilish.

Kelgusi yilda mamlakatimizda 675 trillion so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shundan 380 trillion so‘mi qurilish ishlariga to‘g‘ri keladi.

Kelgusi yilda 140 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joy qurish maqsad qilingan.

Har bir hokim bundan samarali foydalanib, qurilish sohasining o‘zidan kamida 20-25 ming, yaratilgan infratuzilma orqali 10 ming kishini bandligini ta’minlashi mumkinligi qayd etildi.

Abdulhamid Hasanov
9
avatar
Abdulhamid Hasanov
@abdulhamid_khasanov
01.11.2025 11:31
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga maktub yoʻlladi.

U Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilishi munosabati bilan Qirgʻiziston rahbari yo‘llagan tabriknomaga javob maktubi boʻldi. Qirg‘iziston tomoni ushbu tadbirga nufuzli delegatsiyasini yuborgani uchun minnatdorlik ham izhor etildi.

"Mazkur xalqaro forum so‘nggi qirq yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh qarorgohidan tashqarida - qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilayotgani Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy muvaffaqiyati ekani, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora oshib borayotgani haqidagi iliq so‘zlaringiz biz uchun g‘oyat qadrlidir.

Konferensiyada ilgari surilgan muhim tashabbuslar va qabul qilinadigan qarorlar ta’lim, fan va madaniyat sohasida global hamkorlikning yangi ufqlarini ochishi, o‘zaro do‘stlik muhitini yanada kuchaytirishi haqidagi fikrlaringizga ham to‘liq qo‘shilaman.

Aminmanki, o‘rtamizdagi chin qardoshlik rishtalarining tobora mustahkamlanib borayotgani va bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarimiz strategik sherikligimizni yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi",

– deyiladi maktubda.

Abdulhamid Hasanov
9
avatar
Abdulhamid Hasanov
@abdulhamid_khasanov
31.10.2025 11:19
40 yillik tarixning burilish nuqtasi - Samarqand!

Xabaringiz bor, kecha, 30-oktyabr kuni Yunesko Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o'z ishini boshladi. Ya'ni 13 noyabrgacha dunyo nigohi yana O'zbekistonga qadaladi degani bu.

Sammitning yurtimizda o'tkazilayotganini Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov faxr deb atadi. Shuningdek:

"Shunday nufuzli forumning qadimiy Samarqand shahrida - ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat beshigida - o‘tkazilishi konferensiyaga alohida ramziy ma’no bag‘ishlaydi. Bu O‘zbekistonning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi ko‘prik, tinchlik, o‘zaro tushunish va yaratuvchanlik g‘oyalarining markazi sifatidagi rolini yana bir bor ta’kidlaydi" - dedi Japarov


🫱🏻‍🫲🏼 Bu so'zlar - ikki xalq o‘rtasidagi nafaqat qardoshlik aloqalari, balki umumiy taraqqiyot yo‘lidagi birdamlikning ham ifodasi bo'la oladi.

Abdulhamid Hasanov
🔥 1
10

Abdulhamid Hasanov

2
Открыть в Telegram