Eng katta yangilik – 2026-yilda
ilk bor mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m viloyatlarning o‘ziga beriladi.
Lekin bu mablag‘
hamma tumanga teng taqsimlanmaydi.
Chunki,
Do‘stlik tumanida berilgan
5 milliard so‘m maqsadli ishlatilib, Chinobod mahallasidagi
2 kilometrli ko‘chaning infratuzilmasi yaxshilandi, kun-u tun ishlaydigan maskanga aylantirildi. Ishning samarasi ko‘ringani sababli tumanga
yana 10 milliard so‘m ajratilgan edi, ko‘chaga tutashgan
daryo bo‘yi obodonlashtirildi, savdo-servis uchun qo‘shimcha joy ochildi. Natijada
130 ta yangi tadbirkor ish boshlab, 700 nafar odamni band qildi.
Lekin xuddi shunday “drayver” loyihalar uchun mablag‘ olgan
Uchko‘prik, Bektemir, Jomboy, Kitob, Toshkent tumanlarida hali natija ko‘ringani yo‘q.
“Endi qaysi hokim tez harakat qilib, aniq loyiha asosida natija ko‘rsatsa, o‘sha tuman ko‘p mablag‘ oladi”,
– dedi Prezident.
Viloyat hokimlariga
ish o‘rni yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga katta turtki beradigan loyihalarni saralab, barcha tayyorgarlikni shu yilning o‘zida oxiriga yetkazish topshirildi.
Abdulhamid Hasanov
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram