Ikkinchi yo‘nalish –
servis loyihalarini ko‘paytirib, aholi bandligini ta’minlash.
Mamlakatimizda
eng yuqori o‘sish sur’atini ta’minlayotgan soha xizmatlar sohasi ekani ta’kidlandi.
Lekin viloyat, tuman hokimlari xizmatlar sohasiga katta sur’at berayotgan
turizmni rivojlantirish orqali ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadini ko‘paytirish imkoniyatlarini to‘liq ishga solmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Turizm salohiyati yuqori 150 ta mahallaning infratuzilmasi yaxshilansa, xizmatlar hajmini
10 trillion so‘mga yetkazish, 45 ming nafar odamni savdo va servisda band qilish mumkin.
Shu bois, kelasi yilda
150 ta mahallaning har biriga infratuzilma uchun 3-5 milliard so‘mdan beriladi.
Viloyat, tuman hokimlari, Turizm qo‘mitasiga yil yakunigacha
barcha mahallalar uchun master reja qilish,
yer auksionlari va loyihalarni tadbirkorlarga e’lon qilib, qurilish ishlarini boshlash topshirildi.
Tuman banklari bu joylarda
mehmon uylari barpo etish uchun 150 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratishni yo‘lga qo‘yadi.
Abdulhamid Hasanov
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram