avatar
Abdulhamid Hasanov
@abdulhamid_khasanov
01.11.2025 11:31
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga maktub yoʻlladi.

U Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilishi munosabati bilan Qirgʻiziston rahbari yo‘llagan tabriknomaga javob maktubi boʻldi. Qirg‘iziston tomoni ushbu tadbirga nufuzli delegatsiyasini yuborgani uchun minnatdorlik ham izhor etildi.

"Mazkur xalqaro forum so‘nggi qirq yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh qarorgohidan tashqarida - qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilayotgani Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy muvaffaqiyati ekani, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora oshib borayotgani haqidagi iliq so‘zlaringiz biz uchun g‘oyat qadrlidir.

Konferensiyada ilgari surilgan muhim tashabbuslar va qabul qilinadigan qarorlar ta’lim, fan va madaniyat sohasida global hamkorlikning yangi ufqlarini ochishi, o‘zaro do‘stlik muhitini yanada kuchaytirishi haqidagi fikrlaringizga ham to‘liq qo‘shilaman.

Aminmanki, o‘rtamizdagi chin qardoshlik rishtalarining tobora mustahkamlanib borayotgani va bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarimiz strategik sherikligimizni yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi",

– deyiladi maktubda.

Abdulhamid Hasanov
9

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram