avatar
Xayrulla Sattarov
@XayrullaSattarov
08.04.2026 12:14
“Mening bog‘im” loyihalarini tashkil etish jarayonlari takomillashtiriladi

“Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilik hamda xalq vakillari ishtirokini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–56-son, 07.04.2026-y.) qabul
qilindi.

“Mening bog‘im” loyihalarini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish, ularni amalga oshirishda yangi mexanizmlarni joriy qilishning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

�� “Mening bog‘im” loyihalari tanlovida g‘olib bo‘lmagan loyihalarni saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan g‘olib deb e'lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

�� “Mening bog‘im” loyihalarini hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv ta'minotiga mos ravishda shakllantirish tizimini joriy qilish;

�� “Mening bog‘im” loyihalari doirasida yashil bog‘lar va yashil jamoat parklarida daraxtlar va o‘simliklarni ekish, ularni doimiy parvarishlash, barpo etilgan obyektlar holatini sifatli saqlashning yangi amaliyotini kiritish.

�� Farmonga ko‘ra, “Ochiq budjet” axborot portalidagi tanlovda g‘olib bo‘lmagan kamida 1 ta “Mening bog‘im” loyihasini deputatlar tomonidan tegishli saylov okrugidagi saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqib, g‘olib deb e'lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
👍 19
🤩 15
😍 12
💯 12
11
4 22.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xayrulla Sattarov

53.6K
Tadbirkorlik sohasidagi eng dolzarb mavzular

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori .

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/sattarov_xayrulla
Открыть в Telegram