Eslatma: mazkur audio "LexVoice" sun'iy intellekt xizmatidan foydalanib tayyorlangan.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Mening bog'im” loyihalarini tashkil etish jarayonlari takomillashtiriladi
“Mening bog'im” loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilik hamda xalq vakillari ishtirokini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–56-son, 07.04.2026-y.) qabul qilindi.
🔰 “Mening bog'im” loyihalarini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish, ularni amalga oshirishda yangi mexanizmlarni joriy qilishning
asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
🔹 “Mening bog'im” loyihalari tanlovida g'olib bo'lmagan loyihalarni saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqqan holda
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan g'olib deb e'lon qilish amaliyotini yo'lga qo'yish;
🔹 “Mening bog'im” loyihalarini hududning
tuproq-iqlim sharoiti va suv ta'minotiga mos ravishda shakllantirish tizimini joriy qilish;
🔹 “Mening bog'im” loyihalari doirasida
yashil bog'lar va yashil jamoat parklarida daraxtlar va o'simliklarni ekish, ularni doimiy parvarishlash, barpo etilgan obyektlar holatini sifatli saqlashning yangi amaliyotini kiritish.
💰 Farmonga ko'ra, “Ochiq budjet” axborot portalidagi tanlovda g'olib bo'lmagan
kamida 1 ta “Mening bog'im” loyihasini deputatlar tomonidan tegishli saylov okrugidagi saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqib,
g'olib deb e'lon qilish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram