avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
05.06.2026 03:23
#Qabul2026

⚡️#Rasman 2026-2027-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi
 
Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish hamda yakuniy natijalarni olish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali ikki bosqichda amalga oshiriladi.

❗️Asosiy blogida ona tili va adabiyoti fani mavjud abituriyentlar ustoz Izamovda tahsil olib, kafolatli natijaga erishishlari mumkin. Hoziroq @Izamov_Manager profiliga murojaat qiling!


Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
30
👌 1
46 65 4.7K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
04.06.2026 12:00
⚡️Qat’iy nazar yoki qat’i nazar❓

Bizni ba’zan tasavvurlarimiz chalg‘itadi. Masalan, o‘zbek tilida qat’iy va nazar degan so‘zlar bor. Ayni paytda qat’i nazar degan so‘z ham mavjud. Bu so‘zlarni kundalik muloqotda ham, xat-hujjatlarda ham faol qo‘llaymiz. Qat’iy so‘zi “uzil-kesil belgilab qo‘yilgan”, “o‘zgarmaydigan” ma’nosini, nazar so‘zi “ko‘z qarashi, nigoh” ma’nosini bildiradi.

Biz har gal qat’i nazar so‘zini eshitganda, beixtiyor qat’iy va nazar so‘zlari esga tushadi va qat’iy nazar deb yozishga tutinamiz. Aslida esa unday emas: qat’i butunlay boshqa so‘z. ❗️

Qat’i nazar - “biror narsaga bog‘liq bo‘lmagan”, “biror narsaga aloqasi yo‘q” degan ma’noni bildiradi. Masalan, “Ob-havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar ishga chiqamiz” gapidan “Ishga chiqish-chiqmasligimiz ob-havoga bog‘liq emas”, “Ob-havoning ishga chiqish-chiqmasligimizga aloqasi yo‘q” degan mazmun ifodalanadi.

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
16
👍 2
1
1
🌚 1
💯 1
9 16 5.2K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
02.06.2026 18:48
#abituriyent

⚡️ Davlat test sinovi imtihonlarida ona tili va adabiyoti fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan yuqoridagi badiiy asarlardan test topshiriqlari shakllantiriladi

Abituriyentlarga yuborib qoʻying!


Manfaatli boʻlsin!


❗️
Eslatma
: Yaqinda darslari (8-iyundan) boshlanadigan davlat test sinovi va perevod imtihonlariga tayyorlov kursimizda tushish ehtimoli yuqori boʻlgan asarlarga doir test va quiz savollardan foydalaniladi. Kursga yozilish uchun @Izamov_Manager profiliga murojaat qiling!


Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
30
👍 4
🔥 2
🤔 1
🕊 1
15 98 7K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
02.06.2026 09:50
⚡️Qanday yoziladi: fidoyi yoki fidoiy?

Koʻpchilik bu soʻz imlosida beixtiyor xatoga yoʻl qoʻyadi. Quyida shu xususida:

Bilamizki, tilimizda sifat yasovchi “-i” va “-iy” qoʻshimchalari mavjud. Ulardan biri xoslik (“-iy”) ni ifodalasa, biri esa shunchaki oʻxshatish xususiyati (“-i”) ni ifodalaydi.

Fidoyi” soʻzida ham yuqorida aytib oʻtilgan qoʻshimchalardan biri — “-i” mavjud. Bu qoʻshimcha “fido” soʻziga qoʻshilishi natijasida tovush ortishi (“y” ortgan) hodisasi yuzaga kelgan. Talaffuzda “fidoiy” deb aytganimiz bilan bu soʻzni “fidoyi” deb yozishimiz shart!

❗️Demak,

Fidoiy ❌ - Fidoyi

Yuqoridagi suratlarda tilimizda mavjud imlo qoʻllanmalarda bu soʻzning qanday yozilishi isbotlangan.

Manfaatli boʻlsin!


Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
34
2
🔥 2
🫡 1
10 29 7.2K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
02.06.2026 04:45
Qadrdonlar! Sizga bir savol bilan yuzlanmoqchiman...

👤 Meni tanimagan odamga qanday tanishtirgan bo'lardingiz?

- ustoz Izamov kim?
- [javobingiz]


✍️ Izohda yozib qoldiring!

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
27
34 2 7K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
02.06.2026 04:16
⚡️Davlat test sinovi va perevod (oʻqishni koʻchirish) imtihonlariga onlayn tayyorlov guruhimizning 60 foizi toʻldi.

Qabul kutilganidan-da ertaroq yakunlanishi mumkin!

✍️ Qoʻshilishni xohlovchilar hoziroq murojaat qiling: @Izamov_Manager

❗️Darslar 8-iyundan boshlanadi!


Natijalarimiz 👉 @Result_Izamov

Kurs haqida 👉 Batafsil!

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
13
❤‍🔥 3
🔥 2
🤷 1
2 6 6.4K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
01.06.2026 10:30
⚡️Umumta’lim maktablarining
11-sinf o‘quvchilari uchun
ona tili va adabiyot fanidan yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha imtihon savollari
(javoblari bilan).

❗️Yakuniy maktab attestatsiyasi imtihonlarida 8- va 10-variant savollari tanlandi!


Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
11_sinf_Ona_tili_va_adabiyot_JAVOBLARI_BILAN+_@Imtihon_javoblari2026.pdf
2.03 МБ
35
👍 12
🤯 6
😍 3
🌚 1
82 1K 14.9K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
01.06.2026 08:19
❗️MUHIM

Ovozli xabarda davlat test sinovi imtihonlari uchun roʻyxatdan oʻtish tartibi va bahorgi milliy sertifikat imtihonlari natijalari xususida gapirildi.

Abituriyentlar uchun maxsus kursimizga murojaat 👉 @Izamov_Manager

Natijalarimiz: @Result_Izamov


Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
Аудиосообщение
👍 22
16
🔥 6
4
👌 3
23 69 8.5K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
01.06.2026 07:35
⚡️#Rasman Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni 5-iyundan 25-iyunga qadar davom etadi

Qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich:

abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi, xolos.

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.


2️⃣ Ikkinchi bosqich:

abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi.

❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, o’tgan yildan boshlab oltinchi yo’nalishni tanlash imkoni ham beriladi. Bunda tanlagan beshta yo’nalishiga o’qishga tavsiya etilmagan yoki testga kirib, yo’nalish tanlash esidan chiqqan abituriyentlar fanlar majmuasi to’g’ri keladigan va bali yetadigan oltinchi yo’nalishni ham tanlashi mumkin bo’ladi.

Shuningdek, o’qishga kira olmagan abituriyentlar testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin.

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
28
👍 9
🔥 3
2
❤‍🔥 1
33 121 9.7K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
01.06.2026 06:21
#Qabul2026 #Abituriyent2026
 
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
 
🎥 "Davlat oliy va kasbiy ta'lim tashkilotlariga o'qishga kirish uchun onlayn ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma" tayyorlandi.
 
Mazkur videoqo‘llanmada:
 
✅ onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi;
✅ hujjatlarni onlayn to‘g‘ri rasmiylashtirish;
✅ tizimdan foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar batafsil tushuntirilgan.
 
❗️ Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
19
👍 4
🔥 4
2
1 108 7.3K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
31.05.2026 16:31
⚡️Fanlar majmuasi

↗️ 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan.

Eslatma: Taʼlim yoʻnalishlari nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
Fanlar majmuasi 2026-2027.pdf
649.94 КБ
7
❤‍🔥 1
60 8.5K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
31.05.2026 09:13
❗️Muhim!


Ona tili va adabiyoti fani
dan bahorgi milliy sertifikat imtihonlari natijalari 23-iyun kuni e’lon qilinishi xususida biz ham, Bilimni baholash agentligi ham oʻz sahifalarimizda e’lon qilganmiz. Biroq shunda ham ba’zi ustozlar tomonidan 10-iyun, 20-iyun yoki 5-iyunda natijalar e’lon qilinishi toʻgʻrisida asossiz xabarlar tarqatilmoqda. Talabgorlar ,xususan, abituriyentlar davlat test sinovi imtihonlariga roʻyxatga olish boshlanishini iddao qilib, bu kabi xabarlarni rost deb qabul qilmoqda. Shu boʻyicha quyida tushuntirish beriladi:

Birinchidan, natijalar 23-iyun kuni chiqishi haqida rasmiy sahifalarda e’lon qilindi (demak, aniq shu sanada e’lon qilinadi).

Ikkinchidan, “Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini oʻtkazish va tashkil etish” toʻgʻrisidagi qarorda milliy sertifikat imtihonlari natijalari 21 ish kunida e’lon qilinishi belgilab qoʻyilgan va bunda hisoblab koʻrilsa, aynan 23-iyunga toʻgʻri keladi.

Uchinchidan, davlat test sinovi imtihonlariga roʻyxatga olish tartibi Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilishini hisobga olib, natijalar 23-iyunda e’lon qilinsa, roʻyxatga olish vaqti shunga monand qilib belgilanadi (masalan, 7-iyundan 27-iyungacha).

Shunday ekan, hurmatli talabgorlar — abituriyentlar qoʻrquvga hojat yoʻq. Hammasi aniq reja asosida amalga oshiriladi. Shunchaki ayni paytda natijangizdan qoniqmayotgan boʻlsangiz, vaqtingizni besamar yoʻqotmasdan davlat test sinovi imtihonlariga tayyorlaning! Bu boʻyicha hozirda shaxsiy kurslarimizda qabul ochiq.


✍️ Murojaat qiling:
@Izamov_Manager

Bu xabarni barcha abituriyentlarga ulashib qoʻying!

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
56
👍 10
🔥 8
❤‍🔥 3
😢 2
💯 2
🕊 1
45 100 10.3K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
30.05.2026 04:58
⚡️Vazir ustamasining 2-bosqichi uchun baholash mezonlari

Batafsil rasmda yoritilgan. Tanishib chiqing!

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
18
🔥 7
😍 3
1
4 36 8.6K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
Переслано от Ona tili va adabiyoti | Izamov
30.05.2026 04:56
Och va to'q qofiya farqi

Qofiyadoshlik hosil qilgan so'zlarda oxirgi undosh va unlilar toʻla mos kelsa va ohangdoshlik kuchli boʻlsa, bu toʻq qofiya boʻladi: Biroq - firoq - toʻq qofiya

Majnun va osmon och qofiyaga ega. Garchi ular bir xil undosh bilan tugagan boʻlsa-da, undoshlardan oldingi unlilar har xil, shu sababli ohangdoshlik kamaygan. Dars va bahs soʻzlari ham shunga oʻxshash. Ikkala soʻz ham bir xil undosh bilan tugagan, lekin ulardan oldingi undoshlar turlicha boʻlgani sababli ohangdoshlik pasaygan.
Soʻz oxiridagi tovush yoki qoʻshimchalar farqlanadigan, lekin umumiy ohangdoshlik paydo boʻlgan oʻrinlarda ham och qofiya bor deb sanaladi.

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
19
🔥 3
👍 2
39 8.4K
avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
29.05.2026 15:12
⚡️Davlat test sinovi va perevod (oʻqishni koʻchirish) imtihonlariga onlayn tayyorlov guruhimizning 30 foizi toʻldi.

Qabul kutilganidan-da ertaroq yakunlanishi mumkin!

✍️ Qoʻshilishni xohlovchilar hoziroq murojaat qiling: @Izamov_Manager

❗️Darslar 8-iyundan boshlanadi!


Natijalarimiz 👉 @Result_Izamov

Kurs haqida 👉 Batafsil!

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
16
👍 4
6 10 8.4K

Ona tili va adabiyoti | Izamov

27.4K
Ona tili va adabiyoti fanidan keng qamrovli, Milliy sertifikat, UZBMBA test sinovi, Perevod va Attestatsiya imtihonlari tayyorlanuvchilari uchun maxsus blog.

Reklama : https://telegra.ph/Ona-tili-va-adabiyoti--Izamov-kanalida-reklama-02-15
Открыть в Telegram