avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
04.06.2026 12:00
⚡️Qat’iy nazar yoki qat’i nazar❓

Bizni ba’zan tasavvurlarimiz chalg‘itadi. Masalan, o‘zbek tilida qat’iy va nazar degan so‘zlar bor. Ayni paytda qat’i nazar degan so‘z ham mavjud. Bu so‘zlarni kundalik muloqotda ham, xat-hujjatlarda ham faol qo‘llaymiz. Qat’iy so‘zi “uzil-kesil belgilab qo‘yilgan”, “o‘zgarmaydigan” ma’nosini, nazar so‘zi “ko‘z qarashi, nigoh” ma’nosini bildiradi.

Biz har gal qat’i nazar so‘zini eshitganda, beixtiyor qat’iy va nazar so‘zlari esga tushadi va qat’iy nazar deb yozishga tutinamiz. Aslida esa unday emas: qat’i butunlay boshqa so‘z. ❗️

Qat’i nazar - “biror narsaga bog‘liq bo‘lmagan”, “biror narsaga aloqasi yo‘q” degan ma’noni bildiradi. Masalan, “Ob-havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar ishga chiqamiz” gapidan “Ishga chiqish-chiqmasligimiz ob-havoga bog‘liq emas”, “Ob-havoning ishga chiqish-chiqmasligimizga aloqasi yo‘q” degan mazmun ifodalanadi.

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
16
👍 2
1
1
🌚 1
💯 1
9 16 5.2K

Обсуждение 9

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Ona tili va adabiyoti | Izamov

27.4K
Ona tili va adabiyoti fanidan keng qamrovli, Milliy sertifikat, UZBMBA test sinovi, Perevod va Attestatsiya imtihonlari tayyorlanuvchilari uchun maxsus blog.

Reklama : https://telegra.ph/Ona-tili-va-adabiyoti--Izamov-kanalida-reklama-02-15
Открыть в Telegram