avatar
Ona tili va adabiyoti | Izamov
@Onatili_Izamov
01.06.2026 07:35
⚡️#Rasman Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni 5-iyundan 25-iyunga qadar davom etadi

Qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich:

abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi, xolos.

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.


2️⃣ Ikkinchi bosqich:

abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi.

❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, o’tgan yildan boshlab oltinchi yo’nalishni tanlash imkoni ham beriladi. Bunda tanlagan beshta yo’nalishiga o’qishga tavsiya etilmagan yoki testga kirib, yo’nalish tanlash esidan chiqqan abituriyentlar fanlar majmuasi to’g’ri keladigan va bali yetadigan oltinchi yo’nalishni ham tanlashi mumkin bo’ladi.

Shuningdek, o’qishga kira olmagan abituriyentlar testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin.

Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
28
👍 9
🔥 3
2
❤‍🔥 1
33 121 9.7K

Обсуждение 33

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Ona tili va adabiyoti | Izamov

27.4K
Ona tili va adabiyoti fanidan keng qamrovli, Milliy sertifikat, UZBMBA test sinovi, Perevod va Attestatsiya imtihonlari tayyorlanuvchilari uchun maxsus blog.

Reklama : https://telegra.ph/Ona-tili-va-adabiyoti--Izamov-kanalida-reklama-02-15
Открыть в Telegram