❗️Muhim!
Ona tili va adabiyoti fanidan bahorgi milliy sertifikat imtihonlari natijalari
23-iyun kuni e’lon qilinishi xususida biz ham, Bilimni baholash agentligi ham oʻz sahifalarimizda e’lon qilganmiz. Biroq shunda ham ba’zi ustozlar tomonidan 10-iyun, 20-iyun yoki 5-iyunda natijalar e’lon qilinishi toʻgʻrisida
asossiz xabarlar tarqatilmoqda. Talabgorlar ,xususan, abituriyentlar davlat test sinovi imtihonlariga roʻyxatga olish boshlanishini iddao qilib, bu kabi xabarlarni rost deb qabul qilmoqda. Shu boʻyicha quyida tushuntirish beriladi:
Birinchidan, natijalar 23-iyun kuni chiqishi haqida rasmiy sahifalarda e’lon qilindi (demak, aniq shu sanada e’lon qilinadi).
Ikkinchidan, “Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini oʻtkazish va tashkil etish” toʻgʻrisidagi qarorda milliy sertifikat imtihonlari natijalari 21 ish kunida e’lon qilinishi belgilab qoʻyilgan va bunda hisoblab koʻrilsa, aynan 23-iyunga toʻgʻri keladi.
Uchinchidan, davlat test sinovi imtihonlariga roʻyxatga olish tartibi Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilishini hisobga olib, natijalar 23-iyunda e’lon qilinsa, roʻyxatga olish vaqti shunga monand qilib belgilanadi (
masalan, 7-iyundan 27-iyungacha).
Shunday ekan, hurmatli talabgorlar — abituriyentlar qoʻrquvga hojat yoʻq. Hammasi aniq reja asosida amalga oshiriladi. Shunchaki ayni paytda natijangizdan qoniqmayotgan boʻlsangiz, vaqtingizni besamar yoʻqotmasdan davlat test sinovi imtihonlariga tayyorlaning! Bu boʻyicha hozirda shaxsiy kurslarimizda qabul ochiq.
✍️ Murojaat qiling: @Izamov_Manager
Bu xabarni barcha abituriyentlarga ulashib qoʻying!
Kanalimiz:
@Onatili_Izamov
Обсуждение 45
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram