avatar
Qoʻqon davlat universiteti
@Kokand_SU
сегодня, 02:53
2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi

Qo‘qon davlat universitetiga 5 ta DSc, 55 ta PhD va 1 ta stajyor-tadqiqotchi o‘rni ajratilgan. Jami: 61 ta kvota!

Qabul 20 ta ilmiy ixtisoslik bo‘yicha amalga oshiriladi. Eng ko‘p kvota muhandislik, tilshunoslik, pedagogika, tabiiy fanlar va ta’lim metodikasi yo‘nalishlariga ajratilgan.

👉https://kokandsu.uz/news/593

Bizdan uzoqlashmang

Facebook* | Instagram* | YouTube
10 641
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qoʻqon davlat universiteti
Переслано от Edu.uz
вчера, 17:38
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi.

✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta.

Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.

Kvotalar quyidagicha belgilangan:

🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta;
🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta;
🔹 doktoranturaga — 540 ta.

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
Oliy_ta’limdan_keyingi_talim_kvotalari_2027.pdf
1.14 МБ
👏 2
13 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qoʻqon davlat universiteti
@Kokand_SU
вчера, 14:44
#Imtihon #Natija #Qabul2026

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, Qoʻqon davlat universitetida kirish imtihonlarini topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://kokandsu.uz/practical_exam_help

👉Maktabgacha taʼlim I guruh (Texnikum bitiruvchilari)
👉Maktabgacha taʼlim II guruh (Texnikum bitiruvchilari)
👉Kutubxona-axborot faoliyati (Texnikum bitiruvchilari)
👉Kadastr (Texnikum bitiruvchilari)
👉Jismoniy madaniyat (Texnikum bitiruvchilari)
👉Axborot tizimlari va texnologiyalari (Texnikum bitiruvchilari)
👉Transport vositalari muhandisligi (Texnikum bitiruvchilari)
👉Buxgalteriya hisobi (Texnikum bitiruvchilari)
👉Energetika muhandisligi (Texnikum bitiruvchilari)

Natijalardan norozi boʻlgan abituriyentlar natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida apellatsiya komissiyasiga belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Bizdan uzoqlashmang

Facebook* | Instagram* | YouTube
👍 5
14 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qoʻqon davlat universiteti
@Kokand_SU
вчера, 12:14
HURMATLI TALABGORLAR!

2-ta’lim bo‘yicha muhim yangiliklar va ma’lumotlardan xabardor bo‘lish uchun Telegram quyidagi guruhga qo‘shiling!

👉 Telegram guruh: @QDU2talim20262027

🗓 Suhbat sanasi: 2026-yil 17-avgust
Vaqti: 10:00
📍 Manzil: Qo‘qon davlat universiteti San’at va sport fakulteti

🏢 Manzil: Qo‘qon shahri, Movarounnahr ko‘chasi, 2-uy.
📍Lokatsiya

❗️Eslatma: Suhbat jarayoni va 2-ta’limga oid barcha muhim ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish uchun Telegram guruhiga qo‘shilishni unutmang!

Bizdan uzoqlashmang

Facebook* | Instagram* | YouTube
👌 1
55 2.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qoʻqon davlat universiteti
Переслано от Yoshlar.edu.uz
вчера, 11:45
“Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi.

Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max;
🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3;
🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin.

Batafsil ma’lumot olish
Viktorinada ishtirok etish

🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin.
🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
4 1.5K
avatar
Qoʻqon davlat universiteti
@Kokand_SU
вчера, 11:42
Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi qabul imtihonlari o‘tkazildi

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Qo‘qon davlat universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish bo‘yicha imtihonlar o‘tkazildi.

Qabul jarayonida ishtirok etgan bitiruvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, kasbiy tayyorgarligi hamda sohaga bo‘lgan qiziqishi suhbat davomida baholandi. Jarayon belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etildi.

Mazkur suhbatlar texnikum bitiruvchilariga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limni davom ettirish va malakasini yanada oshirish uchun muhim imkoniyat yaratdi.

Bizdan uzoqlashmang

Facebook* | Instagram* | YouTube
12 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qoʻqon davlat universiteti
Переслано от Edu.uz
вчера, 10:16
Kamerangizni qo‘lga olish vaqti keldi

🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi!

Agar sizda kreativ g‘oya, ta’sirli hikoya yaratish mahorati bo‘lsa, ushbu tanlov aynan siz uchun!

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

 • “Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun);

“Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”;

 • “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”.

📌 Ishtirokchilar quyidagi mavzularda ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkin:
• “Mustaqillik mening taqdirimda”;
• “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”;
• “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”;
• “Mening Vatanim – mening faxrim”.

Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin — 15 million so‘m
2-o‘rin — 10 million so‘m
3-o‘rin — 5 million so‘m

Ijodiy ishlar 2026-yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🎉 G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi.

✨ Qobiliyatigizni namoyon eting!

Ijodiy ishlar Telegram messenjerida +99870-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (SHARAFLI YO'L  2026) sahifaga yuborilishi so‘raladi.

Murojaat uchun telefonlar:
71 244-37-87, 71-244-64-62.

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
5 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qoʻqon davlat universiteti
@Kokand_SU
вчера, 07:43
Talabalar diqqatiga: Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatga turish endi bir joyda!

1-avgustdan boshlab talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish uchun arizalar qabul qilish boshlandi.

Endi yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

👉Ariza topshirish uchun:
my.gov.uz’ga kirib, “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang va maʼlumotlarni toʻldiring.

✅ Arizangiz koʻrib chiqilib, elektron shartnoma va yo’llanma  taqdim etiladi.

Shartnomada koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha roʻyxatga olish uchun toʻlov shakllanadi.

Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz boʻyicha roʻyxatga olinganligingiz haqida qayd varagʻi taqdim etiladi.

Bizdan uzoqlashmang

Facebook* | Instagram* | YouTube
29 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qoʻqon davlat universiteti
Переслано от Edu.uz
вчера, 04:52
#Ogohlik #Rasmiy_munosabat

Fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz

Buxoroda fuqaroni bir yoʻla 4-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, undan 26 million soʻm olgan shaxs ushlangani haqida xabar tarqaldi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyish, imtihon natijasini oʻzgartirish, oʻqishni koʻchirish yoki boshqa masalalarni pul evaziga hal qilib berishni vaʼda qilayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqiradi.

Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartib va mezonlarga ko‘ra, xususan, davlat va nodavlat oliygohlariga xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi.

Fuqarolardan taʼlim sohasidagi masalalarni "tanish-bilish" yoki pul evaziga hal qilib berishni taklif qilayotgan shaxslarga nisbatan hushyor boʻlish, shaxsiy maʼlumotlar va mablagʻlarni bermaslik soʻraladi.

Shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari soʻraladi.

Eslatma: taʼlim olish huquqingizni firibgarlarga ishonib xavf ostiga qoʻymang. Rasmiy maʼlumotlarni faqat vazirlik va oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy manbalaridan oling.

Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
1 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qoʻqon davlat universiteti
Переслано от Edu.uz
10.08.2026 15:54
Xalqaro konferensiya!

“Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati barcha soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda magistrantlarni nufuzli xalqaro anjumanga taklif etadi!

📌 Konferensiya mavzusi: “Xalq soʻzi” va “Народное слово” fenomeni: milliy jurnalistikada institutsional kuch va professional mezonlar maktabi”

📥 Maqolalarni qabul qilish oxirgi muddati: 2026-yil 10-sentyabr;

🌐 Tillar: oʻzbek, rus, ingliz tillari;

📧 Maqolalarni va toʻldirilgan talabnomani quyidagi elektron manzillardan biriga yuborishingiz soʻraladi:
Email: akramxamraqulov01@gmail.com
Telegram: @qabuln1

📞Maʼlumot va aloqa uchun tel:
• Akram Xamraqulov: +998 50 979 00 24

📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy.

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
9 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Qoʻqon davlat universiteti
@Kokand_SU
10.08.2026 15:29
“35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?

Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting.

🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim.

📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz

Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi

Bizdan uzoqlashmang

Facebook* | Instagram* | YouTube
👍 2
🎉 2
👏 1
14 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Qoʻqon davlat universiteti

8.7K
Qoʻqon davlat universiteti rasmiy sahifasi

✅www.kokandsu.uz
✅www.facebook*.com/kokand.su1931
✅www.instagram*.com/kokand_su
✅youtube.com/@kokandsu


Telegram: @liberalisimus1001
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram