Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi qabul imtihonlari o‘tkazildi
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Qo‘qon davlat universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish bo‘yicha imtihonlar o‘tkazildi.
Qabul jarayonida ishtirok etgan bitiruvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, kasbiy tayyorgarligi hamda sohaga bo‘lgan qiziqishi suhbat davomida baholandi. Jarayon belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etildi.
Mazkur suhbatlar texnikum bitiruvchilariga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limni davom ettirish va malakasini yanada oshirish uchun muhim imkoniyat yaratdi.
Bizdan uzoqlashmang
Facebook* | Instagram* | YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram