Kamerangizni qo‘lga olish vaqti keldi
🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida
“Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini
e’lon qiladi!
Agar sizda kreativ g‘oya, ta’sirli hikoya yaratish mahorati bo‘lsa, ushbu tanlov
aynan siz uchun!
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
•
“Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun);
•
“Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”;
•
“Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”.
📌 Ishtirokchilar quyidagi mavzularda ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkin:
• “Mustaqillik mening taqdirimda”;
• “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”;
• “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”;
• “Mening Vatanim – mening faxrim”.
Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin — 15 million so‘m
2-o‘rin — 10 million so‘m
3-o‘rin — 5 million so‘m
Ijodiy ishlar 2026-yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
🎉 G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi.
✨ Qobiliyatigizni namoyon eting!
Ijodiy ishlar Telegram messenjerida +99870-484-71-79
telefon raqamiga ochilgan (SHARAFLI YO'L 2026) sahifaga yuborilishi so‘raladi.
Murojaat uchun telefonlar:
71 244-37-87, 71-244-64-62.
Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
Обсуждение 3
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram