avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
12.04.2026 14:01
Vanihoyat Tesla FSD (full self-driving) Gollandiyada tasdiqdan o’tdi.

Bu endi boshqa Yevropa davlatlari ham tezroq ruhsat beradi degani.

FSD bu mashinani haydovchisiz o’zi yurish imkoniyati.

O’zi yurar avtomobillar bu transport sohasidagi inqilobiy davr.

Xavfsizlik jihatdan FSD siz va mendan karra-karra xavfsiz.

Buni men sizga ko’z duxtir sifatida aytmoqdaman.

Har kuni ko’zi yaxshi ko’rmaydigan ammo kunini rulda o’tqazadigan bemorlarni qabul qiladigan duxtir sifatida aytaman.

Kelajak allaqachon shu yerda…

Ajoyib davrlar…

Bek Olimjon
12.04.26
Shvetsiya
76 10K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
11.04.2026 12:39
Hammasi oddiy fikrdan boshlanadi.

oddiy fikr -> g’oya -> orzu -> niyat va maqsad -> reja -> harakat -> natija

Kechalari uyquni oladigan bir g’oya bilan band bo’lish orqali katta natijalarga erishish mumkin.

Bunday «mukkasidan ketish» (being obsessed) har doim ham sog’lom yo’l emas.

Ammo mukkasidan ketuvchilar uchun boshqa yo’l mavjud emas…

Ana shunday mukkasidan ketuvchi optimist insonlar dunyo o’zgartiradi.

Bek Olimjon
11.04.26
Norvegiya
280 13.1K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
10.04.2026 14:30
sayohat uchun amalda sinalgan tavsiya

yangi boshlovchilar uchun

o'tgan yili noyabr oyida mana shu yo'nalish bilan yaqin 4 ta do'stim sayohat qilishgan edi.

10 kun davomida

1. Toshkent - Istanbul samolyot
2. Istanbulda ijaraga mashina (rental car)
3. Istanbul - Anqara (rental car)
4. Anqara - Konya (rental car)
5. Konya - Cappadocia (rental car)
6. Cappadocia - Kayseri (rental car)
7. Kayseri - Istanbul (samolyot)
8. Istanbul - Tashkent (samolyot)

yotoqxona 3-4 yulduzli hotelda bo'lgan (hostelda emas), nonushtasi bilan

yemish yoki aylanishlardan cheklanishlar bo'lmagan edi

har bir kishi uchun 1500USD bo'lgan edi.

hotel, ovqat, ziyoratgoh va sovg'a-salomlardan yaxshigina ekonom qilsa bo'ladi.

shu yo'nalishni 800-1000 ga bemalol qilsa bo'ladi.

qimmatdek tuyuladi, lekin foydasini keyin tushunasiz.

tak chto, bosiloradi...

Bek Olimjon
10.04.26
Norvegiya
549 14.1K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
09.04.2026 16:21
agar sayohat qilishga imkon bo'lsa, uni ortga surish kerak emas.

shart sayohat qilish kerak.

sayohat dunyoqarashimizni tubdan o'zgartirib yuborish xususiyatiga ega.

yoshlar sayohat qilishi orqali kelajagi butunlay o'zgarishi mumkin.

ilm va biznes egalarini qancha ko'p sayohat qilishsa, jamiyatga shuncha foydali bo'ladi degan fikrdaman.

imkon qadar uyushmagan holda, yolg'iz va rejasiz sayohat qilish kerak.

shunda yanada ko'proq narsalar o'rgana olamiz.

Bek Olimjon
09.04.26
Norvegiya
563 17.9K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
08.04.2026 12:01
Istanbuldan Osloga qaytayotib yo'lda bittasi bilan gaplashib qoldim.

26 yosh, asl kelib chiqishi Iroqdan, Norvegiyada katta bo'lgan, hozirda Misrdan qaytayotgan ekan.

Aytishicha Misrda biznes qilish uchun yaxshi imkoniyatlar bor emish.

U yerda yangi hamkori bilan uy oldi-sotdisi qilishmoqda ekan.

Bankdagi omonat foizlari baland ekanligi va bu pul qilish uchun juda yaxshi imkoniyat ekanligini rosa gapirdi.

Foizdan pul topish borasidagi o'z fikrlarimni chetga surib turgan holda, suhbatda davom etdim.

Aytishicha kuniga 19% emish. Men bu raqam xato ekanligi, hech qachon kuniga 19% bo'lmasligini real raqamlar bilan tushuntirishga harakat qildim. Tushunmadi. O'z fikrida qoldi.


Men ishlatgan misol:
10 000$ dollar investitsiya, kuniga 19%.

Kun 1: 11 900 $
Kun 2: 14 161 $
Kun 3: 16 852 $
Kun 10: 61 159 $
Kun 30: 1 736 514 $

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Aslida 5% ham juda katta, hattoki 1% ham.

Shuning uchun compounding effect qanday ishlashini tushunish juda muhim.

Buni o'zbek tilida murakkab foiz deb tarjima qilishadi.

Bu tushunchani nafaqat moliyaviy investitsiya uchun balki hayotning boshqa jabhalari uchun ham bilishimiz o'ta zarur.

Ayniqsa bilim va salomatlik uchun qilingan investitsiyalarda.


Bek Olimjon
08.04.26
Norvegiya

PS. suhbatdoshim "overnight loan rate" bn adashtirayotgan edi.
51 17.5K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
06.04.2026 20:46
Hozir Istanbul aeroportidaman.

Aeroportlarda kitob do'konlariga kirishni yoqtiraman.

Mana bu kitobga ko'zim tushdi.

Dizayni, nomi yaxshi qilingan.

Mundarijasiga va kitobga fikr yozgan odamlarga qarasangiz juda foydali kitobdek.

Ammo, men kitobni sotib olishdan avval Claude AI dan kitob haqidagi fikrlarni topib, tahlil qilib, to'plab berishini so'radim.

Claude men qiziqqan sohalar va ulardagi bilim darajamdan xabardor. Sababi juda ko'p diskussiya qilaman u bilan.


Claude fikrlar jamlanmasini aytib, bor plyus va minuslarni aytgandan keyin mana bu xulosani berdi:

"Mening samimiy fikrim: Siz allaqachon Talebning via negativa tamoyili, Mangerning inversion tafakkuri va Gordoning "qo'shishdan oldin keraksizini olib tashla" falsafasini amalda qo'llaysiz. Bu kitob siz allaqachon o'zlashtirib bo'lgan mavzularni takrorlaydi.

90 daqiqada o'qib tugatib, boshingizni qimirlatib "ha, bilaman" deysiz. Kitobda siz uchun yangi signal yo'q.

Kitobni joyiga qaytarganingiz ma'qul. Bu yerda siz uchun imkoniyat narhi
baland."


Nafsim sabab kitobni o'qishga 10 daqiqacha vaqt sarfladim baribir. Turli boblaridan o'qib ko'rdim.

O'zim ham Claude xulosasiga keldim va kitobni joyiga qaytardim.

Natija: 200 000 so'm va 2-3 soat vaqtim behuda ketmadi.

Bek Olimjon
06.04.26
Istanbul
132 18.4K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
31.03.2026 12:55
Onam: bugun rejalaringiz qanday?

Men: uydaman. 1-2 soat sport qilaman. Boshqa ishim yo’q.

Onam: qo’shni yeriga go’ng olgan ekan, bizga ham qo’shib olipti. Yerga go’ng solish kerak. Ana sizga sport. Shuni qilasiz bugun.



Rasmda
pre-workout drink: 100% Columbian coffee

workout of the day: go’ng tashish ��

best productivity hack of the day: ona duosi

best humbler: ketmon

������

Bek Olimjon
31.03.26
Andijon

PS: chiroyli go’ng ekan
140 31.7K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
30.03.2026 14:00
Taksist indeksi

Investitsiyada "Taksist indeksi" (taxi driver index) degan tushuncha bor.

Bu indeks bir ma’lumotni jamiyatda keng tarqalganligini ko’rsatadi.

Agar taksi haydovchisi sizga biror bir biznes zo'r ekanligi haqida gapirsa, ayniqsa maslahat bersa, demak u biznes haqidagi ma'lumot ommaga biz o'ylagandan ko'ra kengroq tarqalgan bo'ladi.

Bu indexni bir necha nomlari bor: sartarosh indeksi, kosib indeksi va hok.

Buni kechagi postga bevosita aloqasi bor.

Taksi haydovchisi Norvegiya va Germaniya kabi davlatlarni o'zbek shifokorlari ishlagani boradigan joy deb bilyaptimi, demak asl vaziyatda biz o'ylagandanda ko'proq shifokorlar, mutaxassis yurtdoshlarimiz bor u yerlarda.

Chetga bilim olishga chiqaman deganlarni to'smaydigan zamonlarga yetkazganiga shukur.

Bek Olimjon
30.03.26
Andijon
49 28.8K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
29.03.2026 10:01
Bugun men «addushi» hursandman

Taksida ketyappan.

Haydovchidan internet so’radim (sim kartam yo’q).


Oramizda bo’lgan suhbat:

- chet eldan kelyapsimi uka?

- ha, aka

- qadan?

- Narvegiya, aka.

- yuzimga qarab «duftirmisiz uka?» dedi.

- «qadan bildiz?» deb so’radim.

- «iyelada duftirlar ishletta, oddiy ishlaga omedi.
Bizdegi duftirlar ishlashyapti iyelarda hozir.
Yoshlaamiz kuchayip ketishgan hozir.
Onokuni ikta duftir bolaniyam ayraportdan oborippo’ydim. Germaniyada ishlashakan ula. Omatilani berovirsin uka…»


***************

Dunyo o’zgarmoqda.

Oldinlari aeroportdan keladiganlar Rossiyadagi ishchilar edi…

We are doing something right, azizlar!

This is freaking awesome ☺️


Bek Olimjon
28.03.25
Bo’z tumani
192 29.5K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
28.03.2026 12:14
Odam umri qisqa.

Uni qanchalik tez o’tayotganligini his qilish muhim.

Bu uchun avval borilgan manzillarga qayta borish o’zi yetarli.

Ayniqsa tez rivojanayotgan makonlar bo’lsa…

Bek Olimjon
28.03.26
Qamchiq dovoni
88 25.4K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
27.03.2026 13:16
AI ishlarni yo'qolishiga sabab bo'ladi deb vahima qiluvchilar uchun o'z fikrini o'zgartirishga yaxshi imkoniyat.

Bu chizma yaqinda Anthropic tomonidan taqdim etilgan hisobotdan.

Unda ayni vaqtda turli sohalardagi AI imkoniyatlari (ko'k rang) va AI qo'llanilishini solishtirilganligini (qizil) ko'rish mumkin.

E'tibor bering, sog'liqni saqlashda qanchalik imkoniyat bor va qay darajada ishlatilmoqda.

Meni o'zim yaqinda Claude Code yordamida klinikamda 2 ta kichik loyiha qildim.

Natijada yordamchilarimni haftasiga 3 soat vaqti tejaldi.

Bu bilan men yordamchilarim shtatini qisqartirganim yo'q. Aksincha, endi ular ko'proq bemorlar bilan ishlay olishadi.

Natija ko'proq mahsuldorlik (productivity).

Bu biznesim yanada o'proq pul topadi degani. Xodimlarim uchun yaxshi.

Ko'proq pul topish degani boshqa bizneslarga ko'proq investitsiya qila olaman degani.

Men juda kichik biznes hisoblanaman. Endi tasavvur qiling, menga o'xshagan kichik bizneslardan millionlab bor.

Men kod yozishni bilmayman.

AI mahsuldorlikni karra-karra oshirmoqda.

Imkoniyatlar juda keng.

Pessimizmdan qutulish uchun zo'r imkoniyatlar bor ayni vaqtda.

Bek Olimjon
27.03.26
Starlink yordamida
Yevropa osmonida...
218 27.1K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
26.03.2026 14:40
Bir ukamiz yugurishni odat qilmoqchi.

Maqsadi Ironman.

3 oydan beri savollar bilan murojaat qiladi menga:
- nima qilishim kerak?
- yugurish texnikasi haqida so'raydi?
- qanday oyoq kiyimi, qanday velosiped olish kerak va hokazo.

Savollari juda ko'p.

Aytadiki, bu borada rosa ko'p izlanishlar qilgan.
Rosa ko'p YouTube videolari ko'rgan. Ro'yhatlar tuzgan. Notionda rejalar qilgan.

Eng qiziq joyi - hali ko'chaga chiqib 2 km yugurishni odat qilgani yo'q.

Buni "samaradorlik addiksiyasi" deyiladi.

Video ko'rasan, miyaga "men ish qilyapman" degan his keladi. Davom etaverasan.

Lekin natijalra - achinarli holatda.

Bunday addiksiyaga duchor bo'lganlar juda ko'p...

Bek Olimjon
26.03.26
Norvegiya


PS. Yugurish bu bir misol edi xolos. Youtubingizga kiring, sizda addiksiya nima ekanligini ko’rasiz.
328 34.9K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
25.03.2026 13:09
Soqqa ortidan quvib, salomatlik haqida unutayotganlar juda ko'p.

Bu kelajakda katta afsuslarga sabab bo'ladi.

Afsuski buni juda ko'pchilik 40 yoshgacha anglab yetmaydi.

Bek Olimjon
25.03.26
Norvegiya
282 28.3K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
24.03.2026 11:14
Bizning xulosalarimizga qarshi bo’lgan fikrlarni faol tarzda izlashimiz zarur.

Agar atrofimizdagilar bizning fikrlarimizni hadeb tasdiqlaydigan holatda bo’lsak, borgan sari qobiq ichida qolib ketamiz.

Bek Olimjon
24.03.26
Norvegiya
178 34.7K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
23.03.2026 10:44
So’ngi paytlarda e’tiborimni tortayotgan bir narsa.

«Bolalarga ekranni ta’qiq qilish» haqida ko’p gapirilmoqda.

Bu yaxshi yechim emas.

Ekranni ta’qiqlash kerak emas.

Muammo ekranda emas, muammo ijtimoiy tarmoqlarda.

Hozir ekranni ta’qiqlash bu o’rta asrlarda bosma kitoblardan foydalanishga qo’yilgan ta’qiqdek.


Bek Olimjon
23.03.26
Norvegiya


PS. Go’dakni ekrandan ko’ra ona sutiga ehtiyoji kattaroq.
122 34.4K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
22.03.2026 12:00
Sayohat qilishdagi postlarimdan keyin bir ukamiz qarori va xulosalari.

Sayohat qiling azizlar.

Siz olmoqchi bo'lgan iPhone o'rniga sayohat qiling.

O'sha iPhone vaqti o'tib Nokia 3130 bo'lib qoladi.

Ammo sayohat tajribalari sizga 200 ta iPhone olish imkonini beradigan bilim beradi.

Mana o'sha postlar: 1 va 2

Bek Olimjon
22.03.26
Norvegiya
294 31.9K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
21.03.2026 12:00
Tibbiyotda systematic review degan ilmiy tadqiqot turi bor

Unda bir mavzu bo'yicha mavjud tadqiqotlarni to'plab, tartiblab, sifatini baholab, umumiy xulosa chiqariladi. Bu yaxshingina jiddiy ish.

2020 yil.
Oslo Universitetida PhD qilayotgan davrimda bitta systematic review uchun 3 oy vaqt sarflagan edim. Maqolamiz xalqaro jurnalda chop etildi. Ayrim tadqiqotchilar bunga yillab vaqt sarflaydi.

O'tgan kuni bir tajriba qilib ko'rdim.

AI yordamida systematic review yozib ko'rdim.

Adabiyotlarni yig'ish, saralash va dastlabki tahlil qilish uchun 25 daqiqa ketdi. Dastlabki qoralamasi uchun esa 5 daqiqa. 3 oy emas - 30 daqiqa.

Lekin gap shundaki: AI tezlikni berdi. Sifatni tekshirish, tanqidiy baholash - bu hali ham mening ishim. AIning kuchi shunda - u vaqtni tejab, tadqiqotchiga asl ishiga - tanqidiy fikrlashga - ko'proq imkoniyat beradi.

Bu tibbiyot uchun juda katta o'zgarish. Endi ilmiy maqola yozish tezligi va hajmi emas, balki chuqurligi va sifati hal qiladi.

Ilmiy daraja inflyatsiyasi boshlanganiga 10 yildan oshdi. Avval PhD desa wow deyilgan bo'lsa, hozir PhD "hammada" bor.

AI inflyatsiya jarayonini yanada tezlashtiradi.

An'anaviy usullar bilan ilmiy ish qilish zamoni o'tdi.

Chala-chulpa, yumaloq-yostiq maqolalar davri tugadi.

Haqiqiy tadqiqot bilan ishlash zarur.

Tanqidiy va ijodkorlik bilan yondashilmasa, AI oldida chumolimiz.

Bek Olimjon
21.03.26
Norvegiya
150 28.6K
avatar
Bek Olimjon
@DrBekOlimjon
17.02.2026 13:02
Muammoli vaziyat

Ko'pchilik uchun tanish holat.

Bir muammo ustida o'ylanamiz. Siqilamiz. Ba'zan nima qilishni bilmay qolamiz.

Bunday vaziyatlarda eng yaxshi yechim bu "muammoni" bir do'st yoki ustozga aytib berish.

Maslahat so'rab emas, shunchaki aytib berish.

Bu nima beradi:
- Muammoni aytib berish jarayonida unga o'zimiz yechim topishimiz ehtimoli katta

- Do'st yoki ustoz muammoga boshqa burchakdan qaragani uchun bizga ko'rinmagan yechimni aytishi mumkin

- Muammoni aytib berishlik hissini o'zi bizni yengillashtiradi

Bek Olimjon
17.02.26
Norvegiya
401 57.9K

Bek Olimjon

28K
Balki foydasi tegar…

40 yoshida pensiyaga chiqishni reja qilgan shifokor

📍Norvegiya
Открыть в Telegram