Hozir Istanbul aeroportidaman.
Aeroportlarda kitob do'konlariga kirishni yoqtiraman.
Mana bu kitobga ko'zim tushdi.
Dizayni, nomi yaxshi qilingan.
Mundarijasiga va kitobga fikr yozgan odamlarga qarasangiz juda foydali kitobdek.
Ammo, men kitobni sotib olishdan avval Claude AI dan kitob haqidagi fikrlarni topib, tahlil qilib, to'plab berishini so'radim.
Claude men qiziqqan sohalar va ulardagi bilim darajamdan xabardor. Sababi juda ko'p diskussiya qilaman u bilan.
Claude fikrlar jamlanmasini aytib, bor plyus va minuslarni aytgandan keyin mana bu xulosani berdi:
"Mening samimiy fikrim: Siz allaqachon Talebning via negativa tamoyili, Mangerning inversion tafakkuri va Gordoning "qo'shishdan oldin keraksizini olib tashla" falsafasini amalda qo'llaysiz. Bu kitob siz allaqachon o'zlashtirib bo'lgan mavzularni takrorlaydi.
90 daqiqada o'qib tugatib, boshingizni qimirlatib "ha, bilaman" deysiz. Kitobda siz uchun yangi signal yo'q.
Kitobni joyiga qaytarganingiz ma'qul. Bu yerda siz uchun imkoniyat narhi baland."
Nafsim sabab kitobni o'qishga 10 daqiqacha vaqt sarfladim baribir. Turli boblaridan o'qib ko'rdim.
O'zim ham Claude xulosasiga keldim va kitobni joyiga qaytardim.
Natija: 200 000 so'm va 2-3 soat vaqtim behuda ketmadi.
Bek Olimjon
06.04.26
Istanbul
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram