Tibbiyotda systematic review degan ilmiy tadqiqot turi bor
Unda bir mavzu bo'yicha mavjud tadqiqotlarni to'plab, tartiblab, sifatini baholab, umumiy xulosa chiqariladi. Bu yaxshingina jiddiy ish.
2020 yil.
Oslo Universitetida PhD qilayotgan davrimda bitta systematic review uchun 3 oy vaqt sarflagan edim.
Maqolamiz xalqaro jurnalda chop etildi. Ayrim tadqiqotchilar bunga yillab vaqt sarflaydi.
O'tgan kuni bir tajriba qilib ko'rdim.
AI yordamida systematic review yozib ko'rdim.
Adabiyotlarni yig'ish, saralash va dastlabki tahlil qilish uchun 25 daqiqa ketdi. Dastlabki qoralamasi uchun esa 5 daqiqa. 3 oy emas - 30 daqiqa.
Lekin gap shundaki: AI tezlikni berdi. Sifatni tekshirish, tanqidiy baholash - bu hali ham mening ishim. AIning kuchi shunda - u vaqtni tejab, tadqiqotchiga asl ishiga - tanqidiy fikrlashga - ko'proq imkoniyat beradi.
Bu tibbiyot uchun juda katta o'zgarish. Endi ilmiy maqola yozish tezligi va hajmi emas, balki chuqurligi va sifati hal qiladi.
Ilmiy daraja inflyatsiyasi boshlanganiga 10 yildan oshdi. Avval PhD desa wow deyilgan bo'lsa, hozir PhD "hammada" bor.
AI inflyatsiya jarayonini yanada tezlashtiradi.
An'anaviy usullar bilan ilmiy ish qilish zamoni o'tdi.
Chala-chulpa, yumaloq-yostiq maqolalar davri tugadi.
Haqiqiy tadqiqot bilan ishlash zarur.
Tanqidiy va ijodkorlik bilan yondashilmasa, AI oldida chumolimiz.
Bek Olimjon
21.03.26
Norvegiya
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram