🌍
Kasbiy mahorat — xalqaro maydonga yo‘l
Toshkent shahridagi
“Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan tanlovda bosqich g‘oliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Respublika bosqichi g‘oliblari endilikda
WorldSkills xalqaro musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
WorldSkills musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga
2 500 BHM — 1 milliard 30 million so‘m, uning ustoziga esa
450 BHM — 185 million 400 ming so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.
Yoshlarimizga xalqaro maydonda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlarini tilaymiz!
Telegram
Instagram*
YouTube
Linkedin
Vebsayt
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram