avatar
Yoshlar ishlari agentligi
@yoshlaragentligi
08.08.2026 17:52
🇺🇿 “Humo Arena”da “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘olib va sovrindorlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tanlov sarhisoblari va amaliy natijalar:
124 mingdan ziyod yoshlar tuman va shahar bosqichlarida o‘z mahoratini namoyon etdi;
22 ming nafar yigit-qiz uchun tanlov doirasida bandlik, ta’lim olish va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyati yaratildi;
120 nafar eng iqtidorli yoshlar 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib va sovrindor deb topildi.

Davlatimiz rahbari o‘z qutlovida tanlov g‘oliblari va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilaridan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni “WorldSkills International” xalqaro kasbiy mahorat musobaqasiga tayyorlash vazifasini belgilab berdilar.

Prezidentimizning yoshlarga murojaati:

“Men butun O‘zbekiston yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman: xalqimizning sizlarga bo‘lgan yuksak ishonchini oqlash uchun doimo izlaning, yangi bilim hamda texnologiyalarni egallang, xorijiy tillarni o‘rganing va kasbingiz bo‘yicha eng ilg‘or mutaxassis bo‘lib yetishing!”


Davlatimiz rahbarining ushbu da’vati har bir yosh uchun doimiy harakat va o‘z ustida tinimsiz ishlashda katta kuch-g‘ayrat va chorlovdir.

emojiTelegram emojiInstagram* emojiYouTube emoji Linkedin emojiVebsayt
57
👍 17
👌 5
🔥 4
❤‍🔥 3
8 41 18.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 8

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar ishlari agentligi

298.6K
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

info@yoshlar.gov.uz

• ☎️ 1093

• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy

• gov.uz/yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Открыть в Telegram