O‘zbekistonning “Ibrat Debate” jamoasi “WSDC 2026” jahon chempionatida ilk bor ishtirok etdi
Keniyaning Nayrobi shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi eng nufuzli xalqaro debat musobaqasi —
World Schools Debating Championship (WSDC 2026) bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning
75 ta milliy terma jamoasi qatnashgan ushbu nufuzli chempionatda mamlakatimiz vakillari —
“Ibrat Debate” jamoasi O‘zbekiston tarixida ilk marotaba munosib ishtirok etdi.
Iqtidorli yoshlarimiz 8 ta murosasiz bahsning
4 tasida g‘alaba qozonib, Nigeriya, Venesuela, Makao hamda Zambiya terma jamoalarini mag‘lub etishga erishdi.
Ushbu natija mamlakatimizda debat harakati izchil rivojlanayotganini hamda yoshlarimiz xalqaro maydonda munosib bellasha olayotganini yana bir bor isbotlaydi.
Telegram
Instagram*
YouTube
Linkedin
Veb sayt
Обсуждение 15
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram