avatar
Yoshlar ishlari agentligi
@yoshlaragentligi
08.04.2026 05:54
⚡️Yoshlar tashabbuslari va yangi loyihalar

Kuni kecha Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, yoshlar hayoti, hududdagi loyihalar va yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bevosita tanishdi.

Nukus shahridagi tashrif doirasida ishchi guruh qator yirik tadbirlar va uchrashuvlarda ishtirok etdi. Xususan:

“Kitob olami” buk-kafesi hamda “Yoshlar markazi” faoliyati ko‘zdan kechirilib, kitobxonlar, startapchilar va “Ko‘mak” loyihasi orqali ssuda olgan yoshlar bilan ochiq muloqot qilindi;

Yoshlar yetakchilari o‘rtasida o‘tkazilgan innovatsion “Hakaton” tanlovida bir qator tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi;

Tadbirkorlik qilish istagidagi yigit-qizlar uchun tajribali va muvaffaqiyatli biznesmenlar ishtirokida “Muvaffaqiyat sirlari” motivatsion uchrashuvi tashkil etildi;

Orolbo‘yi hududi madaniyatini o‘zida aks ettirgan “Qaratereng-marvaridi” milliy modalar festivalida ishtirok etildi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi amaliy uchrashuvlardan so‘ng, Respublika komissiyasi bugundan e’tiboran o‘z ishini Xorazm viloyatida boshladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram Instagram* YouTube Linkedin Veb sayt
54
19
👍 16
🎉 5
💯 4
18 38 33.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 18

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar ishlari agentligi

245.9K
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

info@yoshlar.gov.uz

• ☎️ 1093

• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy

• gov.uz/yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Открыть в Telegram