⚡️
Tayinlov
Isakov Husniddin Xusanjon o‘g‘li — Yoshlar ishlari agentligi Axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi.
H.Isakov zamonaviy media texnologiyalari, sun’iy intellekt va raqamli dizayn yo‘nalishlarini mukammal egallagan, sohaning yetuk mutaxassislaridan biri hisoblanadi.
Tayinlovga qadar H.Isakov “Kamalak” bolalar tashkiloti axborot xizmati rahbari hamda Agentlikning Axborot va media xizmati mutaxassisi lavozimlarida samarali mehnat qilgan.
👏 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Husniddin Isakovni yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklaydi! Uning bilim va tajribasi Agentlik axborot xizmati faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonamiz.
#Tayinlov
Telegram Instagram* YouTube Linkedin Veb sayt
Обсуждение 45
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram