⚡️Yangi g‘oyalar va istiqbolli loyihalar: Turin politexnika universitetida yoshlar bilan ochiq muloqot!
Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktori
Alisher Sa’dullayev hamda agentlik huzuridagi bir qator loyihalar jamoasi poytaxtimizdagi
“Turin politexnika universiteti” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Ma’lumki, ushbu nufuzli oliygoh yurtimizda
avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika sanoati hamda
arxitektura kabi yetakchi sohalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, kelajak muhandislarini tayyorlashda muhim o‘ringa ega.
Tashrif doirasida aynan mana shu muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olayotgan
talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida yigit-qizlarning sohaga oid zamonaviy
taklif-tashabbuslari, ishlab chiqarish va arxitekturaga qaratilgan kreativ
startap g‘oyalari qiziqish bilan tinglandi.
Muloqot yakunida universitet rahbariyati bilan o‘zaro
hamkorlik masalalari muhokama qilinib, bo‘lajak mutaxassis yoshlar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish va ularning
innovatsion loyihalarini amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
�
Telegram
�
Instagram
�
YouTube
�
Linkedin
�
Veb sayt
Обсуждение 6
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram