avatar
Yoshlar ishlari agentligi
@yoshlaragentligi
02.04.2026 17:01
⚡️Bitiruvchi yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi oliy ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan, bilimli va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlarni Jo‘qorg‘i Kenges hamda Vazirlar Kengashiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilishini ma’lum qiladi.

Tanlovda 2023–2024 va 2024–2025-o‘quv yillarida oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan, shuningdek, 2025–2026-o‘quv yilida bitiruvchi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qatnasha oladi.

Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:
1. Dastlabki o‘rganish;
2. Test sinovlari;
3. Insho yozish;
4. Suhbat.

Quyidagi nomzodlarga alohida ustunlik beriladi:
1. Respublika yoki xalqaro olimpiada va tanlov g‘oliblari;
2. Ilmiy maqola, startap yoki innovatsion loyiha mualliflari;
3. Davlat yoxud xalqaro stipendiantlar;
4. Chet tilini mukammal biladigan va IT ko‘nikmalariga ega yoshlar;
5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandlari.

Tanlovni muvaffaqiyatli yakunlagan g‘oliblar belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi. O‘z salohiyatingizni namoyon qiling va davlat boshqaruvida o‘z o‘rningizni toping!

Qabul 2026-yilning 1-aprelidan 1-mayiga qadar davom etadi.

Onlayn ariza topshirish: www.tanlawjk.uz

Ma’lumot uchun: (61) 222-74-77

Telegram Instagram YouTube Linkedin Veb sayt
46
👍 42
🔥 9
39 140 35.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 39

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar ishlari agentligi

245.9K
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

info@yoshlar.gov.uz

• ☎️ 1093

• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy

• gov.uz/yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Открыть в Telegram