avatar
Yoshlar ishlari agentligi
@yoshlaragentligi
01.04.2026 18:35
Latviyada ilk bor o‘zbekistonlik yoshlar uchun “UzHack” xalqaro texnologik xakatoni bo‘lib o‘tdi!

Ushbu yirik loyiha “Vatandoshlar” jamoat fondi hamda “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” hamkorligida, mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Loyihaning asosiy maqsadi — Boltiqbo‘yi davlatlarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni bir g‘oya atrofida birlashtirish, ularning innovatsion va texnologik salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamjamiyati bilan aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Xakaton davomida ishtirokchi yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va texnologik yechimlarini ishlab chiqib, istiqbolli startap tashabbuslarini ilgari surdilar. Eng muhimi, turli mamlakatlarda tajriba orttirayotgan yosh mutaxassislar o‘rtasida mustahkam kasbiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi.

Telegram Instagram YouTube Linkedin Veb sayt
56
👍 18
🔥 7
👌 3
17 29.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar ishlari agentligi

245.9K
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

info@yoshlar.gov.uz

• ☎️ 1093

• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy

• gov.uz/yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Открыть в Telegram