O‘zbekiston yoshlari Buyuk Britaniyadagi xalqaro musobaqada
Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida joylashgan nufuzli
“Oxford” universitetida
“Oxford International Intellectual Property Law Moot Competition 2026” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Intellektual mulk huquqi sohasiga bag‘ishlangan ushbu nufuzli bellashuvda dunyoning eng yetakchi universitetlari talabalari o‘zaro kuch sinashdilar.
Quvonarlisi shundaki, ular qatorida Toshkent shahridagi “Xalqaro Vestminster universiteti” talabalari
Madinabonu Jumaniyozova,
Ulugmurod Dustmurodov,
Khushruya Abdullaeva ilk marotaba ishtirok etib, “
Professor David Vaver Spirit of the Moot Award” mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot jamoaning eng yaxshi jamoaviy ruh, hurmat va professional yondashuvini e’tirof etadi.
Iqtidorli yoshlarimizning xalqaro huquq doiralaridagi bunday dadil ishtiroki yurtimizda intellektual mulk huquqi sohasi jadal rivojlanib borayotganidan va yigit-qizlarimizning yuksak salohiyatidan yorqin darakdir!
Yoshlarimizga ushbu yo‘nalishdagi kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!
�
Telegram
�
Instagram
�
YouTube
�
Linkedin
�
Veb sayt
Обсуждение 4
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram