�� “Ta’lim va Kasb” — imkoniyatlar eshigi!
Joriy yilning
aprel-may oylarida Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “My Fair” kompaniyasi hamkorligida
bitiruvchi yoshlar uchun yilning eng yirik ta’lim ko‘rgazmalariga start berilmoqda.
Ushbu ko‘rgazmada
100 dan ortiq mahalliy va xorijiy oliygohlar ishtirok etadi. Tadbir davomida siz
kasb tanlash, xorijda o‘qish,
ta’lim grantlari,
zamonaviy kasb-hunarlar va
malaka oshirish kurslari bo‘yicha bevosita mutaxassislarning o'zidan ishonchli ma’lumotlar olishingiz mumkin. Shuningdek, ishtirokchilar uchun
foydali seminarlar va ochiq muloqotlar tashkil etiladi.
Ko‘rgazma o‘tkaziladigan sana va shaharlar:
️Toshkent – 13–14-aprel;
️Samarqand – 16-aprel;
️Buxoro – 18-aprel;
️Farg‘ona – 20-aprel;
️Andijon – 22-aprel;
️Namangan – 24-aprel;
️Urganch – 27
-aprel;
️
Nukus – 29-aprel;
️
Navoiy – 1-may.
Ko‘rgazmalarga kirish barcha uchun
bepul! Biroq tashrif buyurishdan avval
www.myexpo.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.
�
Telegram
�
Instagram
�
YouTube
�
Linkedin
�
Veb sayt
Обсуждение 17
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram