️
“Media haftalik”: mamlakatimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda
Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan
mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi —
jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi “Media haftalik” o‘z ishini boshladi.
Kontent markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur loyiha butun respublikadan qariyb
12,5 ming ishtirokchini qamrab oladi. Joriy yilning
30-martidan 26-iyuniga qadar har bir hududda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Dasturda
nazariya va amaliyot birlashadi: asosiy urg‘u haqiqiy tajriba orttirishga qaratiladi.
Mamlakatimizning eng yetakchi media-ekspertlari, muharrir va prodyuserlari ishtirokida
kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena, SMM va strategik kommunikatsiyalar kabi muhim mavzular bo‘yicha treninglar olib boriladi.
Mashg‘ulotlar telejurnalistlar, bosma nashrlar, blogerlar va davlat idoralari matbuot kotiblari uchun
alohida yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Bilimlarini oshirgan ishtirokchilarga
maxsus sertifikatlar topshiriladi.
O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanuvchi mazkur media-estafetaning
ilk bosqichi 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanadi. Darslar davomida ishtirokchilar real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Haftalik yakunida hududdagi soha vakillarini qamrab oluvchi yirik
Media forum tashkil etiladi.
Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Media haftalik quyidagi sanalarda hududlar kesimida tashkil etiladi:
• 30-mart – 3-aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 6-aprel – 10-aprel: Xorazm viloyatida;
• 13-aprel – 17-aprel: Surxondaryo viloyatida;
• 20-aprel – 24-aprel: Qashqadaryo viloyatida;
• 27-aprel – 1-may: Samarqand viloyatida;
• 4-may – 8-may: Navoiy viloyatida;
• 11-may – 15-may: Buxoro viloyatida;
• 18-may – 22-may: Farg‘ona viloyatida;
• 25-may – 29-may: Namangan viloyatida;
• 1-iyun – 5-iyun: Andijon viloyatida;
• 8-iyun – 12-iyun: Jizzax viloyatida;
• 15-iyun – 19-iyun: Sirdaryo viloyatida;
• 22-iyun – 26-iyun: Toshkent vil
oyati va
Toshkent shahrida.
�
Telegram
�
Instagram
�
YouTube
�
Linkedin
�
Veb sayt
Обсуждение 16
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram