avatar
Yoshlar ishlari agentligi
@yoshlaragentligi
25.03.2026 23:03
⚡️Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili — Surxondaryo!

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan tashabbuslarning joylardagi ijrosi bilan tanishish hamda yigit-qizlarga yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadidagi o‘rganishlar qizg‘in davom etmoqda.

Bugun Respublika komissiyasi aʼzolari Termiz davlat universitetida bo‘lib, talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan an’anaviy “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berdilar. Shundan so‘ng, universitetning Ilmiy-tadqiqot markazida talaba-yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, xususan, sunʼiy intellekt asosida joriy etilgan boshqaruv tizimining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev universitet yoshlarning startap loyihalari bilan yaqindan tanishdi. E’tiborlisi, kelajagi porloq bo‘lgan eng istiqbolli biznes g‘oyalar va loyihalar Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Yoshlar venchur fondi orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi belgilab olindi.

Shu bilan bir qatorda, talabalar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlarga bugungi kunda yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda yigit-qizlarning kelajakdagi muhim rejalari atrofida qizg‘in suhbat olib borildi.

Telegram Instagram YouTube Linkedin Veb sayt
83
👍 50
🔥 13
5
🏆 4
14 89 37.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 14

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar ishlari agentligi

245.9K
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

info@yoshlar.gov.uz

• ☎️ 1093

• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy

• gov.uz/yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Открыть в Telegram