11 yoshli o‘zbek qizi “Britain’s Got Talent” sahnasini larzaga keltirdi!
⚡️Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan
“Yoshlar ovozi” respublika tanlovi g‘olibi, shuningdek,
Italiya va
Belarus Respublikasida o‘tkazilgan nufuzli ko‘rik-tanlovlarda
ikki karra Gran-pri sohibasi bo‘lgan
Yasmina Husniddinova o‘zining navbatdagi ulkan yutug‘ini qayd etdi.
Buyuk Britaniyaning eng mashhur
“Britain’s Got Talent” teleloyihasida ishtirok etgan
11 yoshli vatandoshimiz o‘zining betakror vokal mahorati bilan hakamlar hay’ati va tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Uning dunyo sahnasidagi bu zafari butun
mamlakatimiz yoshlari uchun o‘ziga xos g‘urur va chinakam ilhom manbaiga aylandi.
Yasminaning mashhur
“Never Enough” asarini yuksak badiiy saviyada ijro etishi — bu shunchaki iqtidor emas, balki tinimsiz mehnat, o‘z ustida ishlash va o‘z kuchiga bo‘lgan qat’iy ishonch natijasidir.
��
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan jajji va iste’dodli yoshimizni tabriklab, kelgusi ijodida bundanda baland parvozlar tilaymiz!
Barchangizni iste’dodli vatandoshimizning ushbu tarixiy chiqishini quyidagi
“YouTube” sahifasida tomosha qilib, video ostida o‘z samimiy tilaklaringiz bilan uni qo‘llab-quvvatlashga chorlab qolamiz!
�
Telegram
�
Instagram
�
YouTube
�
Linkedin
�
Veb sayt
Обсуждение 30
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram