22-mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni!
Mahalla — xalqimizning azaliy qadriyatlari, mehr-oqibat va o‘zaro ahillikni o‘zida mujassam etgan eng yaqin ijtimoiy maskandir. Yurtimizdagi tinchlik-totuvlikni mustahkamlash hamda aholi farovonligini ta’minlashda mahalla tizimi xodimlarining o‘rni beqiyos.
Bugungi kunda
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi va mahallalardagi yoshlar yetakchilari
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi fidoyilari bilan yelkama-yelka faoliyat olib bormoqda.
Mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish,
yigit-qizlarimizning bandligini ta’minlash, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash va yirik loyihalarni quyi bo‘g‘inda muvaffaqiyatli amalga oshirishda ularning hissasi kattadir.
Fursatdan foydalanib, barcha mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari hamda yoshlar yetakchilarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
�� Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Yoshlar ishlari agentligi
jamoasi! #MahallaKuni
Обсуждение 3
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram