Parlament nazorati: budjet ijrosi va rivojlantirish dasturlari muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur qo‘mita majlisida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ham ishtirok etib, o’z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Majlisda
Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Madaniyat hamda Sport vazirliklari, shuningdek,
Turizm qo‘mitasining 2026-yil birinchi yarim yilligidagi budjet mablag‘laridan foydalanish va rivojlantirish dasturlari ijrosi yuzasidan hisobotlari ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar davomida budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosi hamda sohalardagi mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilib, mas’ul idoralarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Rasmiy sahifalarimiz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram