avatar
Yoshlar parlamenti
@yoshlar_parlamenti_qp
04.08.2026 08:49


O‘zbekiston Prezidentining global tashabbusi BMTda qo‘llab-quvvatlandi

BMT Bosh Assambleyasi “Ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyusiyani mutlaq ko‘pchilik ovozi bilan qabul qildi.

Mazkur tashabbus ilk bor Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yilda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Rezolyutsiyada Toshkentda o‘tkazilgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasi va Toshkent deklaratsiyasi alohida e’tirof etildi. Hujjat parlamentlarda ayollar va yoshlar ishtirokini kengaytirish hamda ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

emojiRezolyutsiyani 167 ta davlat qo‘llab-quvvatladi, 61 ta davlat esa O‘zbekiston tashabbusining hammuallifi bo‘ldi.

Bu O‘zbekistonning ochiq va konstruktiv tashqi siyosati hamda Prezidentimizning global tashabbuslari xalqaro maydonda yuksak e’tirof etilayotganining yana bir yorqin tasdig‘idir.

Rasmiy sahifalarimiz
👍 4
1
🔥 1
🤩 1
1 488

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar parlamenti

5.9K
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti
https://taplink.cc/yoshlar_parlamenti_qp

Murojaat uchun: @yoshlar_qp_murojaat_bot
Открыть в Telegram