Prezident faoliyati: Samarqand sammitida muhim tashabbuslar ilgari surildi
Bugun, 4-may kuni
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida oʻtayotgan
Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yigʻilishining ochilish marosimida ishtirok etdi.
“Taraqqiyot chorrahalari: mintaqaning oʻzaro bogʻliq kelajagini ilgari surish” shiori ostidagi forumda
100 dan ortiq mamlakatdan 4 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda.
Prezidentimiz oʻz nutqida
Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalariga toʻxtalib, iqtisodiy oʻsish, investitsiyalar hajmi va kambagʻallikni qisqartirish borasidagi yutuqlarni qayd etdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi:
Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish;
“Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusi doirasida Toshkentda mintaqaviy markaz tashkil etish;
CAREC doirasida “Raqamli bojxona va logistika alyansi”ni yo‘lga qo‘yish;
“Kritik mineraldan – ishlab chiqarishga” dasturida ishtirok etish;
“Markaziy Osiyo yashil belbog‘i” loyihasini amalga oshirish;
“Markaziy Osiyo turizm halqasi”ni yaratish.
Yakunda Prezidentimiz ilgari surilgan tashabbuslar aniq loyihalarga aylanib, mintaqa taraqqiyotiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Rasmiy sahifalarimiz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram