avatar
Xushnudbek.uz
@xushnudbek
10.08.2026 09:15
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ta’lim shakllari:

🔹kunduzgi;
🔹 kechki;
🔹 dual.

🩺 Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham my.edu.uz platformasi orqali 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🩺 Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

📝 Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 ming 960 ta (shundan 61 ming 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:

➖kunduzgi ta’limda – 87 ming 700 ta (39 ming 390 ta davlat granti);
➖kechki ta’limda – 4 ming 440 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 42 ming 820 ta (22 ming 160 ta davlat granti).

Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing.


👉 @xushnudbek 👈
1.3K 194.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xushnudbek.uz

640.4K
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram*.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram