avatar
Kasbiy ta’lim agentligi
@kasb_edu
10.08.2026 05:52
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim

2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.

▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:

➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 4 440 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti).

Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing.

Bizni kuzating

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
3
🔥 2
👏 1
🙏 1
1.4K 65.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Kasbiy ta’lim agentligi

11.3K
Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/kasbiytalim
instagram*.com/kasb_edu
facebook*.com/kasb_edu
youtube.com/@kasb_edu
x.com/kasb_edu

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram