avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
04.06.2026 05:34
#OAV_biz_haqimizda

Xalq banki tomonidan bugungi kunga qadar minglab tadbirkorlik subyektlari qo‘llab-quvvatlanib, ularning faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va biznes loyihalarini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelinmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida Xalq banki Namangan viloyat mintaqaviy markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilayotgan natijalar tahlil qilindi.

Telegram | Instagram*
🔥 5
👍 2
1
👏 1
🎉 1
2 546
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
01.06.2026 14:45
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq bankida bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida bolajonlar shaxmat, rubik kubigi va rasm chizish yo‘nalishlaridagi musobaqalarda ishtirok etib, o‘z bilim va qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Intellektual va ijodiy bellashuvlar ularga nafaqat qiziqarli taassurotlar ulashdi, balki mantiqiy fikrlash va ijodkorlik ko‘nikmalarini namoyish etish imkonini ham berdi.

Musobaqalar yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi


Tadbir bolajonlarga quvonchli lahzalar va unutilmas taassurotlar ulashib, bayramona kayfiyatda o‘tdi.

Telegram | Instagram*
🎉 7
6
🔥 4
👏 1
2 814
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
01.06.2026 04:07
“Lolazor”da Xalq banki haqida qanday fikrlar bildirildi?

Xalq bankida kechayotgan o’zgarishlar va yangilanishlar jamoatchilik va ekspertlar e’tiborida bo’lib kelmoqda.

Lolazor” podkastining Germaniyadan tayyorlangan navbatdagi sonida Xalq bankining bugungi qiyofasi, bank tizimidagi raqamli transformatsiya, xizmat ko’rsatishda yaratilayotgan qulayliklar hamda korporativ boshqaruvdagi o’zgarishlar yuqori baholandi.

Telegram | Instagram*
🔥 11
👍 9
6
👏 1
🎉 1
10 963
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
31.05.2026 17:47
O‘zbegim o‘g‘lonlari, sizlarga Jahon chempionatida ulkan zafarlar tilaymiz!

Millionlab yurtdoshlarimizning ishonchi va duolari sizlar bilan. Har bir o‘yin, har bir g‘alaba Vatanimiz sharafini yanada yuksaltirsin.

Maydonda matonat, ishonch va g‘alaba ruhi sizlarni tark etmasin!

O‘zbekiston terma jamoasiga Jahon chempionatida omad yor bo‘lsin!
🔥 12
👍 5
🎉 4
2
4 3.2K
avatar
Xalq Banki Info
Переслано от Rasmiy axborot
25.05.2026 04:29
Hech qaysi davlatda kuzatilmagan murojaat: Prezidentdan yoshlarga katta ishonch

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan murojaati nafaqat samimiy tabrik, balki Yangi O‘zbekiston yoshlariga berilgan ulkan baho va tarixiy ishonch ramzi bo‘ldi.


E’tiborlisi, jahon amaliyotida davlat rahbarining maktab bitiruvchilariga bunday keng qamrovli, batafsil va ilhomlantiruvchi murojaat yo‘llashi deyarli uchramaydi. Bu – yoshlarga munosabatda mutlaqo yangi yondashuv.

Davlatimiz rahbari bitiruvchilarni “Uchinchi Renessans bunyodkorlari” deb atadi. Bu shunchaki balandparvoz ibora emas. Bu – mamlakat kelajagini aynan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan bog‘layotgan davlat siyosati ifodasidir.

Bugun yoshlar uchun:

207 ta oliy ta’lim muassasasi,
startaplar uchun 100 million dollar,
IT va sun’iy intellekt sohasida minglab imkoniyatlar,
tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar tayyor.

Eng muhimi, bugun Yangi O‘zbekistonda yoshlarga “sen uddalay olasan” degan ishonch berilmoqda.

Ma’lumot uchun: joriy yil birinchi marta 11 ming nafardan ziyod o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda.


@Rasmiy_axborot_official
6
🔥 5
🎉 3
1.2K
avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
25.05.2026 04:24
Ochiq muloqot 2026

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, biznes yuritishdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida “Ochiq muloqot 2026” doirasida Respublika shtabi faoliyat olib bormoqda.

Shtab tarkibida 40dan ortiq vazirlik, idora va soha mutaxassislari jamlangan.

Shuningdek, Biznes-ombudsman hamda Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tomonidan tadbirkorlar bilan muntazam qabullar tashkil etilmoqda. Hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati ham mavjud.


Murojaat va takliflarni 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari orqali bildirish mumkin.

Bundan tashqari, @ochiqmuloqot2026_bot orqali ham murojaat yuborish imkoniyati yaratilgan.

Telegram | Instagram*
5
👍 1
👏 1
930
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
24.05.2026 12:55
G‘alaba muborak!

🏐 O‘zbekiston korporativ sport jamiyati tashabbusi bilan volleybol bo‘yicha korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan respublika turnirida Xalq banki jamoasi yana bir bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Korzinka jamoasi bilan kechgan final o'yinida yigitlarimiz maydonda haqiqiy xarakter va jipslik namoyish etdi. Yakuniy hisob — 2:0, g'alaba biz tomonda!

E’tiborlisi, avvalgi turnirda ham Xalq banki jamoasi barcha raqiblardan ustun kelib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

🤾‍♂️ Ketma-ket qayd etilgan ushbu natija jamoaning sportga bo‘lgan yondashuvi, intizomi va birgalikdagi harakatlari samarasi bo‘ldi.

Ikki karra chempionlik muborak bo’lsin, Xalq banki jamoasi!
🎉 20
👏 11
🔥 10
4
1
9 1.2K
avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
22.05.2026 13:46
Kelajak poydevori bugungi bilimlar bilan quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi hamda Xalq banki hamkorligida an’anaviy Global Money Week 2026 (Butunjahon pul haftaligi) doirasida navbatdagi interaktiv uchrashuv tashkil etildi.

Bu galgi manzil Chilonzor tumanidagi “Mehrjon” mahallasi bo‘lib, unda hududdagi bolajonlar uchun maxsus moliyaviy savodxonlik darslari o‘tkazildi.

An’anaviy darslardan farqli, bu uchrashuv haqiqiy interaktiv muhitda o‘tdi. Bolajonlar stol o‘yinlari va qiziqarli viktorinalar orqali strategik fikrlash hamda budjetni rejalashtirish bo‘yicha ilk ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbirning eng yorqin qismi esa yosh ijodkorlar tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida ijro etilgan qisqa sahna ko‘rinishlari bo‘ldi. Unda bolalar moliyaviy savodxonlikka oid mavzularni mohirona va quvnoq uslubda namoyish etdi.

Faol ishtirok etgan va o‘z bilimini namoyish etgan bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


Telegram | Instagram*
🔥 7
5
3
🎉 2
11 3.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
22.05.2026 13:24
Shaxsiy rivojlanish va ochiq muloqot maydoni

Xalq banki Markaziy apparatida “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida xotin-qizlarning tashabbus va faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Gender sezgirlik” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida yosh xotin-qizlarning takliflarini qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy brendni shakllantirish, professional faoliyatni ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri yoritish kabi mavzular muhokama qilindi.

Shuningdek, xodimlarning o‘z fikrini asosli va ishonchli tarzda ifoda etish, jamoat oldida chiqish qilishi hamda debat ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq bankida xotin-qizlarning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay korporativ muhit yaratish yo‘nalishidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram*
10
🔥 8
🎉 4
2
5 995
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
20.05.2026 11:51
Xalq banki xodimlari o'rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan futbol bo‘yicha "Boshqaruv kubogi" turnirining joriy yilgi mavsumi Samarqandda bo‘lib o‘tdi.

Jami 16 jamoa ishtirok etgan musobaqa yuqori kayfiyat va murosasiz bahslar ostida o‘tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
Farg‘ona viloyati jamoasi turnirning mutlaq g‘olibi bo'ldi
Ikkinchi o‘rinni Toshkent shahar jamoasi
Uchinchi o‘rinni Markaziy apparat jamoasi egalladi.

“Boshqaruv kubogi 2026” futbol turniri bank tizimida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoalar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash hamda korporativ sport an’analarini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda.

Telegram | Instagram*
👍 5
👏 5
🔥 4
2
🎉 2
53 4.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
20.05.2026 06:00
#Mahallamiz_tadbirkori

Jizzax viloyati Qo‘ytosh qishlog‘ida gilam to‘qish hunari nafaqat milliy meros, balki daromad manbaiga ham aylanmoqda.

Xalq bankining mahalla bankiri ko'magida imtiyozli kreditdan foydalanib, faoliyatini kengaytirgan tadbirkor mahalladagi o‘nlab ayollar uchun ham ish imkoniyatini yaratgan.

TO'LIQ VIDEO

Telegram | Instagram*
👏 6
4
👍 1
2 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
18.05.2026 13:46
Xalq banki “Brand Awards International 2026” xalqaro mukofoti doirasida ikki nominatsiyada taqdirlandi

O‘zbekistonning yetakchi brendlarining 2025-yildagi yutuq va natijalari e’tirof etilgan “IX Brand Awards International” mukofotlash tadbirida Xalq banki

“2025-yilda O‘zbekiston zamonaviy moliya ekotizimini rivojlantirishdagi yutuqlari uchun”
“2025-yilda O‘zbekistonda bank xizmatlarini raqamlashtirish va moliyaviy inklyuziyani kengaytirishdagi yutuqlari uchun” nominatsiyalarida taqdirlandi.

Telegram | Instagram*
7
🔥 6
4
🎉 2
2 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Xalq Banki Info
Переслано от Rasmiy axborot
18.05.2026 04:44
Endi O‘zbekistonni faqat xaritadan emas, fond birjasidan ham izlashadi

18 may, 2026 yil.
London fond birjasi.
Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi start nuqtasi.


Ilk bor O‘zbekistonning strategik davlat aktivlari global investorlar e’tiboriga chiqmoqda. Energetika, aviatsiya, telekommunikatsiya, transport va bank tizimidagi yirik kompaniyalarni birlashtirgan UzNIF fondi endi jahon kapital bozori bilan yuzma-yuz.

Eng muhimi – bu safar O‘zbekiston investor qidirmayapti. Investorlarning o‘zi O‘zbekistonga qiziqmoqda.


BlackRock. Franklin Templeton. Redwheel.
Dunyo moliyasining eng yirik nomlari endi O‘zbekiston iqtisodiyotini kuzatuvchi emas, balki uning ishtirokchisiga aylanmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ishtirok etadi.

Bu shunchaki IPO emas.
Bu – O‘zbekiston iqtisodiyoti xalqaro kapital bozorlariga yangi bosqichda kirib borayotganining amaliy ifodasi.


Bugun London fond birjasida nafaqat aksiyalar savdosi boshlanadi. Bugun Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy imiji, ochiqligi va investision ishonchi xalqaro bahoga chiqadi.

@Rasmiy_axborot_official15823
👍 6
3
🔥 3
🎉 1
1
2 919

Xalq Banki Info

1.5K
✅ Халқ банки Коммуникациялар ва маркетинг департаменти расмий канали

Банкимиз ҳақидаги хабарлар, янгиликлар, расмий муносабатлар, таҳлиллар ва бошқа маълумотлар

🌐 www.xb.uz
🔵 t.me/xalqbankinfo/
⏺️ instagram*.com/xalqbankinfo/

☎️ 1106
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram