avatar
Xalq Banki Info
@xb_info
22.05.2026 13:46
Kelajak poydevori bugungi bilimlar bilan quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi hamda Xalq banki hamkorligida an’anaviy Global Money Week 2026 (Butunjahon pul haftaligi) doirasida navbatdagi interaktiv uchrashuv tashkil etildi.

Bu galgi manzil Chilonzor tumanidagi “Mehrjon” mahallasi bo‘lib, unda hududdagi bolajonlar uchun maxsus moliyaviy savodxonlik darslari o‘tkazildi.

An’anaviy darslardan farqli, bu uchrashuv haqiqiy interaktiv muhitda o‘tdi. Bolajonlar stol o‘yinlari va qiziqarli viktorinalar orqali strategik fikrlash hamda budjetni rejalashtirish bo‘yicha ilk ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbirning eng yorqin qismi esa yosh ijodkorlar tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida ijro etilgan qisqa sahna ko‘rinishlari bo‘ldi. Unda bolalar moliyaviy savodxonlikka oid mavzularni mohirona va quvnoq uslubda namoyish etdi.

Faol ishtirok etgan va o‘z bilimini namoyish etgan bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


Telegram | Instagram*
🔥 7
5
3
🎉 2
11 3.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xalq Banki Info

1.5K
✅ Халқ банки Коммуникациялар ва маркетинг департаменти расмий канали

Банкимиз ҳақидаги хабарлар, янгиликлар, расмий муносабатлар, таҳлиллар ва бошқа маълумотлар

🌐 www.xb.uz
🔵 t.me/xalqbankinfo/
⏺️ instagram*.com/xalqbankinfo/

☎️ 1106
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram