1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xalq bankida bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar shaxmat, rubik kubigi va rasm chizish yo‘nalishlaridagi musobaqalarda ishtirok etib, o‘z bilim va qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Intellektual va ijodiy bellashuvlar ularga nafaqat qiziqarli taassurotlar ulashdi, balki mantiqiy fikrlash va ijodkorlik ko‘nikmalarini namoyish etish imkonini ham berdi.
Musobaqalar yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi
Tadbir bolajonlarga quvonchli lahzalar va unutilmas taassurotlar ulashib, bayramona kayfiyatda o‘tdi.
Telegram |
Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram