avatar
ХAVFSIZLIK 🇺🇿
@xavfsizlik_uz
04.06.2026 12:01
#ДХХ #Тезкор_тадбир
Tergovchi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namangan viloyati IIB Tergov boshqarmasi tergovchisi o‘zining ish yurituvida bo‘lgan, Chust tumanida yashovchi, 2006 y.t. fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilib, tugatib yuborish evaziga ishga aloqador bo‘lmagan advokat orqali 40 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlar hay’ati advokati gumonlanuvchining otasidan 40 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, advokatdan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida tergovchining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda tergovchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan, advokatga esa JKning 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
👍 383
🔥 327
👏 12
👎 3
👌 3
469 20.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram