avatar
ХAVFSIZLIK 🇺🇿
@xavfsizlik_uz
04.06.2026 01:59
1,5 gektar yer uchun 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan yer maydonini noqonuniy rasmiylashtirib berish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Xususan, Toshkent shahrida yashovchi, 1979 y.t. shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, Yangiyo‘l tumanida joylashgan hamda davlat zaxirasida bo‘lgan 1,5 gektar yer maydonini arxitektura va kadastr tizimlarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 750 ming AQSH dollari talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzar so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Facebook* | Instagram* | YouTube
🔥 525
👍 322
👏 13
🤬 3
👌 1
229 40.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram