avatar
KARSU.UZ
@www_karsu_uz
вчера, 10:57
Respublikamızda Ulıwma milliy jumıs beriwshiler sorawnaması ótkerildi
 
Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń «Bilimlendiriwdiń sapasın támiyinlew hám bilimlendiriw xızmetlerin kórsetiw sistemasın jetilistiriw boyınsha qosımsha ilajlar haqqında»ǵı Pármanına muwapıq, Bilimlendiriwdiń sapasın támiyinlew milliy agentligi tárepinen respublikalıq kólemde Ulıwma milliy jumıs beriwshiler sorawnaması ótkerilmekte.
 
Búgin, 11-avgust kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde bolıp ótken májiliste agentliktiń bas inspektorı Rahmatjon Ruzmetov sorawnamadan gózlengen tiykarǵı maqset – joqarı bilimlendiriw shólkemleri hám texnikumlar pitkeriwshileriniń bilim, ámeliy kónlikpe hám kompetenciyaların tikkeley jumıs beriwshilerdiń pikiri tiykarında bahalaw, olardıń tayarlıǵı zamanagóy miynet bazarı talaplarına qay dárejede sáykes keletuǵının anıqlaw hám bilimlendiriw menen real ekonomika talapları arasındaǵı baylanıstı jáne de kúsheytiwden ibarat ekenin bildirip ótti.
 
Atap ótilgenindey, usı jıldıń 27-iyulınan baslap sorawnama respublikanıń barlıq aymaqlarında ámelge asırılmaqta.
 
Qaraqalpaqstan Respublikasında ótkerilgen sorawnama procesine de arnawlı tayarlıqtan ótken operatorlar biriktirilip, olar jumıs beriwshiler menen telefon arqalı intervyu ótkerdi. Sonıń menen birge, zárúr jaǵdaylarda kárxana hám shólkemlerge tikkeley barǵan halda jumıs beriwshiler menen sáwbetlesiwler shólkemlestirildi. Sorawnama respublikadaǵı joqarı bilimlendiriw shólkemleri hám texnikumlardıń pitkeriwshilerin jumısqa qabıl etken hár qıylı taraw hám tarmaqlardaǵı jumıs beriwshilerdi qamtıp aldı.
  
Respublikamizda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi o‘tkazildi
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan respublika miqyosida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.
 
Bugun, 11-avgust kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib o‘tkan yig‘ilishda agentlik bosh inspektori Rahmatjon Ro‘zmetov so‘rovnomadan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim tashkilotlari va texnikumlar bitiruvchilarining bilim, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarini bevosita ish beruvchilar fikri asosida baholash, ularning tayyorgarligi zamonaviy mehnat bozori talablariga qay darajada mos kelayotganini aniqlash hamda ta’lim bilan real iqtisodiyot ehtiyojlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada kuchaytirishdan iborat ekanligini qayd etdi.
 
Ta’kidlanganidek, joriy yilning 27-iyulidan boshlab so‘rovnoma respublikaning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan so‘rovnoma jarayoniga ham maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan operatorlar jalb etilib, ular ish beruvchilar bilan telefon orqali intervyular o‘tkazdi. Shu bilan birga, zarur hollarda korxona va tashkilotlarga bevosita chiqqan holda ish beruvchilar bilan suhbatlar tashkil etildi. So‘rovnoma respublikadagi oliy ta’lim tashkilotlari va texnikumlar bitiruvchilarini ishga qabul qilgan turli soha va tarmoqlardagi ish beruvchilarni qamrab oldi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | Instagram* | YouTube | Facebook*
6 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

KARSU.UZ

27.4K
Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń rásmiy telegram kanalı.

Veb-sayt: https://karsu.uz
Facebook*: https://facebook*.com/karsu.official
Instagram*: https://instagram*.com/karakalpak_state_university_
YouTube: https://youtube.com/@karsu_news
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram