#Xalıqaralıq_birge_islesiw
Usı jıldıń 10-avgust kúni Qıtaydıń abıraylı joqarı oqıw orınlarınan biri - Qıtay Awıl xojalıǵı universiteti (China Agricultural University) delegaciyası Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde boldı. Delegaciyaǵa Qıtay Injenerlik akademiyasınıń akademigi, professor KANG Shaozhong basshılıq etti. Sapar dawamında delegaciya aǵzaları universitet rektorı B.Jollıbekov penen ushırasıp, óz-ara paydalı birge islesiwdiń perspektivalı baǵdarları boyınsha pikir alıstı.
Ushırasıwda, dáslep delegaciya wákilleri Aral teńizi aymaǵına ámelge asırılǵan sapar juwmaqları, aymaqtıń ekologiyalıq hám sociallıq-ekonomikalıq jaǵdayın úyreniw sheńberinde alıp barılǵan baqlawlar, sonday-aq, keleshekte ámelge asırılıwı rejelestirilip atırǵan ilimiy izertlewler hám ámeliy joybarlar haqqında maǵlıwmat berdi. Sóylesiw dawamında Aralboyı aymaǵında zamanagóy ilimiy kózqaraslar tiykarında izertlewler alıp barıw, innovaciyalıq sheshimlerdi ámeliyatqa engiziw hám xalıqaralıq ilimiy birge islesiwdi keńeytiw máselelerine ayrıqsha itibar qaratıldı.
Sonday-aq, tárepler bilimlendiriw hám ilimniń zamanagóy baǵdarları boyınsha birge islesiwdi rawajlandırıw boyınsha bir qatar áhmiyetli usınıslardı dodaladı. Atap aytqanda, studentler, professor-oqıtıwshılar hám xızmetkerler ushın jasalma intellekt (AI) boyınsha konferenciya hám treningler shólkemlestiriw, injenerlik baǵdarlarında jazǵı mektep baǵdarlamaların islep shıǵıw, studentler hám professor-oqıtıwshılardıń akademiyalıq almasıwın jolǵa qoyıw jáne qospa ilimiy-bilimlendiriw joybarların ámelge asırıw máseleleri kórip shıǵıldı.
Tolıq oqıw
#Xalqaro_hamkorlik
Joriy yilning 10-avgust kuni Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Xitoy Qishloq xo‘jaligi universiteti (China Agricultural University) delegatsiyasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Delegatsiyaga Xitoy Muhandislik akademiyasi akademigi, professor KANG Shaozhong boshchilik qildi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari universitet rektori B. Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda, dastlab delegatsiya vakillari Orol dengizi hududiga amalga oshirilgan tashrif yakunlari, hududning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish doirasida olib borilgan kuzatuvlar, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va amaliy loyihalar haqida ma’lumot berdilar. Suhbat davomida Orolbo‘yi hududida zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiqotlar olib borish, innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar ta’lim va ilm-fanning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan qator muhim takliflarni muhokama qildilar. Xususan, talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha konferensiya va treninglar tashkil etish, muhandislik yo‘nalishlarida yozgi maktab dasturlarini ishlab chiqish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ilmiy-ta’limiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
To‘liq o‘qish
Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
Telegram | Instagram* | YouTube | Facebook*