Rossiyaning “Magnit" tarmog‘i hamkorlari bilan muloqot o‘tkazildi
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida Rossiya Federatsiyasining yirik savdo tarmoqlaridan biri —
“Magnit”ning strategik hamkorlari hisoblangan
“Grand Trade” hamda
“MTT Kargo” kompaniyalari hamda mahalliy mahsulot yetishtiruvchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda
160 dan ortiq yetishtiruvchi subyektlar onlayn tarzda qatnashgan bo‘lsa, sohaning bir qator vakillari Agentlik binosida oflayn formatda ishtirok etdi. Uchrashuv davomida
eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi bozorlarga sifatli mahsulot yetkazib berish va
xalqaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Muzokaralarda
mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z korxonalarining eksport salohiyati,
ishlab chiqarish quvvatlari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qo‘llayotgan
zamonaviy texnologiyalar haqida taqdimotlar o‘tkazdilar. Shuningdek, mahsulotlarning
mavsumiy turlari,
kutilayotgan hosil hajmi va
tashqi bozor talablariga moslik darajasi yuzasidan ham ma’lumotlar taqdim etildi.
“Grand Trade” kompaniyasi vakillari esa
Rossiya bozoridagi zamonaviy talablarga alohida to‘xtalib, mahsulotlarni
kalibrovka qilish,
zamonaviy qadoqlash,
fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash hamda
logistika tizimining ishonchliligi kabi masalalar bugungi kunda asosiy mezonlardan biri ekanini ta’kidladilar.
Mutaxassislar fikricha, mazkur uchrashuv mahalliy mahsulotlarning
tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish,
eksport geografiyasini kengaytirish va
“Made in Uzbekistan” brendining
Rossiya bozoridagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
gov.uz/oz/karantin
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter