avatar
O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
@uzdavkarantinuz
08.05.2026 11:45
Rossiyaning “Magnit" tarmog‘i hamkorlari bilan muloqot o‘tkazildi

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida Rossiya Federatsiyasining yirik savdo tarmoqlaridan biri — “Magnit”ning strategik hamkorlari hisoblangan “Grand Trade” hamda “MTT Kargo” kompaniyalari hamda mahalliy mahsulot yetishtiruvchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda 160 dan ortiq yetishtiruvchi subyektlar onlayn tarzda qatnashgan bo‘lsa, sohaning bir qator vakillari Agentlik binosida oflayn formatda ishtirok etdi. Uchrashuv davomida eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi bozorlarga sifatli mahsulot yetkazib berish va xalqaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muzokaralarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z korxonalarining eksport salohiyati, ishlab chiqarish quvvatlari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qo‘llayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida taqdimotlar o‘tkazdilar. Shuningdek, mahsulotlarning mavsumiy turlari, kutilayotgan hosil hajmi va tashqi bozor talablariga moslik darajasi yuzasidan ham ma’lumotlar taqdim etildi.

“Grand Trade” kompaniyasi vakillari esa Rossiya bozoridagi zamonaviy talablarga alohida to‘xtalib, mahsulotlarni kalibrovka qilish, zamonaviy qadoqlash, fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash hamda logistika tizimining ishonchliligi kabi masalalar bugungi kunda asosiy mezonlardan biri ekanini ta’kidladilar.

Mutaxassislar fikricha, mazkur uchrashuv mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish va “Made in Uzbekistan” brendining Rossiya bozoridagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

gov.uz/oz/karantin 
Telegram
Facebook* Instagram*
Youtube ✖️Twitter
9 557
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

4.5K
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook*.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram*: https://www.instagram*.com/uzdavkarantin/
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram